Olmazor tumani hududida «Islom sivilizatsiyasi markazi»ning qurilish ishlari olib borilmoqda. Mahalliy aholi esa Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan «Yashil bog‘» nomli turar-joy majmuasidagi yangi qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chmoqda, — deb xabar berdi Olmazor tumani hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, markaz qurilishi umumiy 241 ta xonadon buzilishga tushgan bo‘lib, hozirda ularning 237 tasi buzib bo‘lingan.

Olmazor tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus kommisiya hulosasiga ko‘ra, ushbu xonadon egalariga yangi uylar ajratilgan. Qolgan 5 ta xonadon egalariga esa uy-joylarni ajratish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ularning uylari ham buziladi. Buzilish ishlari 10 noyabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan, — deb aytilmoqda xabarda.