Bekmurodov Adxam Sharipovich prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisinining o‘rinbosari — O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonga imzo chekdi.

Bunga qadar Adxam Bekmurodov «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbari lavozimi shu vaqtga qadar vakant bo‘lib qolayotgan edi.