2019 yil sentyabr oyining oxirida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan Abdurasul Vaxobov v.b. sifatida ushbu lavozimga qaytarildi.

Abdurasul Vaxobovning ishdan bo‘shatilishiga uning Kun.uz muxbirlariga hujum qilganlikda ayblanishi sabab bo‘lgan edi. Hokim o‘rinbosari videomurojaatida jurnalist Rahmatilla Isroilov o‘zini g‘alati tutgani, yer ajratishda yordam so‘raganligi, pul taklif qilgani va salbiy materiallarni nashr etish bilan tahdid qilgani aytilgan.

Foto: Kun.uz.

Rahmatilla Isroilov uning so‘zlarini tuhmat deb atadi. Nashr O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga Abdurasul Vaxobovga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida bayonot yubordi.

Toshkent shahar prokuraturasi jinoiy ish ochimaslikka qaror qildi. Keyin Bosh prokuratura shahar prokuraturasining ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi va ishni qayta ko‘rib chiqishga yubordi.

Jurnalistlar bilan uchrashuvda Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Aliakbar Po‘latov hokim o‘rinbosarining jurnalistga qarata aytgan so‘zlari tuhmatmi degan savolga aniq javob bera olmadi. Uning ta’kidlashicha, tergov yakunlariga ko‘ra, prokuratura ishdan bo‘shatish qarori borasida hokimiyatda 20 yildan beri xizmat qilayotgan xodim uchun yetarlicha og‘ir jazo deya xulosaga qilgan.

Foto: Xabar.uz.

2 noyabr kuni Xabar.uz nashri hokim o‘rinbosari v.b. Abdurasul Vaxobovning imzosi qo‘yilgan xat nusxasini e’lon qildi. Xatda 2020 yil 1 iyul sanasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimligi saytida tuman hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hanuzgacha bo‘sh.

«Gazeta.uz» tuman hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘langanida, u yerda Abdurasul Vaxobov ketganidan keyin hokim o‘rinbosari lavozimi uzoq vaqt bo‘sh turgani haqida aytishdi.

«Anchadan buyon hokim o‘rinbosari lavozimiga hech kim qo‘yilmayotgan edi… Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi sababli ko‘plab buzish va qurilish ishlari bo‘ldi. Aholi tomonidan portalga [prezident portaliga] murojaatlar soni ko‘paydi. Yechilishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘paygani sababli u [Abdurasul Vaxobov] vaqtincha ishga qabul qilindi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, u hokim o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi. Hokim o‘rinbosarini tayinlash to‘g‘risida hali ham qaror yo‘q», — deya javob berishdi hokimiyatda.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, agar belgilangan vaqt ichida aholining portalga qilgan murojaatlariga javob qaytarilmasa, bu huquqbuzarlik deb hisoblanadi, buning uchun hokimliklarga nisbatan javobgarlik qo‘yiladi.

Tuman hokimligi hokim o‘rinbosarini lavozimiga qayta tiklashning amalga oshirilishi aniq sanasi haqida ma’lumot bermadi, ammo «2020 yil may oyida u hali bu lavozimda bo‘lmagan"ligini ta’kidlashdi.