Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida to‘g‘ilgan. Olim Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, Prezident Adminstratsiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Amir Temur, «Oltin meros» jamg‘armalari, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borgan.

Ubaydulla Uvatov samarali mehnatlari uchun 2017 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni va 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.