Hukumatning 3 noyabrdagi tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Qayumovich egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manba xabar bermoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz To‘ychiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan rektorlik lavozimidan ozod etilgan.

Alisher Shodmonov sog‘liqni saqlash vaziri sifatida 2017 yilning fevralidan beri ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, 3 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Xojiboyev Abduhakim Mo‘minovich nomzodini ko‘rib chiqishgani va ma’qullashgani haqida xabar bergan edik. U bunga qadar vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida 2020 yilning iyulidan beri faoliyat yuritib kelayotgandi.