Vazirlar Mahkamasining «Toshkent viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga binoan, filialga 2021−2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar qabul qilinadi, ular respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlar doirasida sinovdan o‘tkaziladi.

Shu bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonini kredit shaklida tashkil qilish hamda filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 18 noyabrgacha davom etadi.