1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilinishi bekor etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarga izoh berildi.

Izohda qayd etilishicha, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab metro kassalarida jetonlar sotilishi to‘xtatildi.

Ammo, jetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31 dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjud.

Jetonlar bilan to‘lov Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi «Yunusobod» va «Turkiston» stansiyalari bundan mustasno", — deyiladi «Toshkent metropoliteni» ma’lumotida.