1 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida taxminiy qiymati 38 million so‘m miqdoridagi pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro A.G‘. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili to‘xtatib tekshirilganida, yukxonasida 19 ta qutida 547,2 ming dona «Britanik» va «Treniya» nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.


Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati.

Aniqlangan mahsulotlar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovoldi tekshiruv harakatlarini o‘tkazish uchun Oltiariq tumani IIBga topshirilgan, deyiladi xabarda.