Samsung kompaniyasining rahbari vafot etdi

Li Gon Xi. Foto: IC

25 oktyabr kuni Samsung kompaniyasining rahbari Li Gon Xi vafot etdi, deya xabar beradi Bloomberg. 90-yillar oxirida u o‘pka rak kasalligidan davolangan, 2014 yilda esa infarktdan keyin komaga tushib qolgan edi. Rahbar komaga tushgandan buyon kompaniyani uning o‘g‘li Li Chje Yenu boshqarib kelgan edi.

Li Gon Xi 1987 yilda rahbarlikka tayinlangan edi, o‘sha paytda Samsung kompaniyasining daromadi 8,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib u 350 milliard dollardan oshdi.

2006 yilda Samsung Sony kompaniyasidan televizorlar ishlab chiqarish bo‘yicha oldinga o‘tib ketdi. 2011 yilda esa Galaxy smartfonlari ishlab chiqarilishi boshlandi va bir yil o‘tib Apple dan oldinga o‘tib ketdi.

Yangi ko‘rinishdagi AirPods quloqchinlari

Apple kompaniyasi 2021 yilda AirPods va AirPods Pro quloqchinlari yangi ko‘rinishda chiqishi haqida ma’lum qildi.

AirPods quloqchinlarining mikrofon tayoqchasi kichikroq bo‘lib, hozirgi AirPods Pro versiyasiga o‘xshash bo‘ladi.

AirPods Pro esa tayoqchalardan voz kechib, Google va Samsung kompaniyalari qo‘llaydigan dumaloq ko‘rinishga ega bo‘ladi.

2019 yilda ishlab chiqarilgan AirPods Pro. Foto: VC.ru
Starlink internetining narxi va sinov natijalari

Beta-test guruhi ishtirokchilari Starlink internetini sinovdan o‘tkazdi. Ushbu aloqadan foydalanish uchun avval $499 atrofida baholanadigan qabul qiluvchi qurilma sotib olish kerak. Internetning oylik abonent to‘lovi esa $99 ga teng.

Internet tezligi 50 mbit/s dan — 150 mbit/s gacha, qurilmalarning ma’lumot almashishining tezligi esa (ping) 20 dan 40 millisekundgacha bo‘lgan. Internetning sifati orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlarning soniga bog‘liq: ular qancha ko‘p bo‘lsa, aloqa sifati shuncha baland bo‘ladi.

SpaceX hozirda orbitaga 500 dan ortiq Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi. Umumiy hisobda 12 mingta sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishi kutilmoqda.

Cyberpunk 2077 o‘yini dekabrga qoldirildi

Cyberpunk 2077 video-o‘yini 10 dekabrga qoldirildi. CD Project Red kompaniyasi xabar berishicha, bunga asosiy sabab o‘yin barcha platformalarda bir vaqtning o‘zida chiqishida. Cyberpunk 2077 kompyuter, PlayStation va Xbox platformalarida chiqishi kutilmoqda.

Bu esa kompaniyaga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘diradi, chunki o‘yin har bir platformada sinovdan o‘tishi kerak.

Avvaliga Cyberpunk 2077 apreldan sentyabrga, sentyabrdan noyabrga va hozir 10 dekabrga qoldirildi.

Foto: Cyberpunk 2077 Youtube-kanali

AMD kompaniyasi yangi videokartalarni taqdim etdi

28 oktyabr kuni AMD kompaniyasi RDNA2 arxitekturasiga ega yangi Radeon RX 60 videokartalarini taqdim etdi: Radeon RX 6800 (16gb), Radeon RX 6800 XT (16gb), Radeon RX 6900 XT (16 gb). Barcha videokartalar GDDR6 video-xotirasiga ega.

Grafik protsessorlar 7 nm texprotsessorlar asosida ishlab chiqilgan.

Radeon RX 60 videokartlari samaradorlik bo‘yicha Nvidia Geforce RTX 30 bilan tenglasha oladi. Bundan tashqari AMD videokartalari kamroq quvvat sarflaydi.

Foto: AMD

Telegram messenjeri yangilandi

30 oktyabr kuni Telegram messenjeri yangilandi. Asosiy o‘zgarishlardan biri — bir nechta xabarlarni qadash («Pin to top/Zakrepit») funksiyasi. Avval guruh va kanallarda faqat bitta xabarni yuqoriga qadab qo‘yish mumkin edi. Bundan tashqari, bu funksiya endi shaxsiy yozishmalarda ham ishlaydi.

Bir nechta musiqa yuborilganda esa ular pleylist va bir butun xabar ko‘rinishida bo‘ladi.

Shuningdek, geojoylavshuvni jonli tarzda kuzatib turish va kengaytirilgan postlar statistikasi ham qo‘shildi.

Foto: Telegram blog