Farg‘ona viloyati bo‘ylab zamonaviy fotovideofiksatsiya qurilmalari o‘rnatildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, mazkur videokameralar 2 noyabrdan e’tiboran ishga tushadi va bir qancha qoidabuzarliklarni qayd etadi.

Fotovideofiksatsiya qurilmalari orqali aniqlanadigan qoidabuzarliklar:

  • “To‘xtash chizig‘i”
  • 1.1 sidirg‘a chizig‘i
  • 3.19 “Qayrilish taqiqlangan” yo‘l belgisi
  • Belgilangan tezlik
  • Svetofor ishoralari

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi barcha yo‘llar nazoratga olinganini ma’lum qilib, fuqarolarga o‘z hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, oilaviy byudjetiga zarar keltirishga befarq bo‘lmasa, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini so‘rab qolgan.

Avvalroq, Farg‘ona viloyatida kuzatuv kameralari orqali tibbiyot niqobisiz yurgan fuqarolar aniqlanishi boshlagani va ikki ikki kecha-kunduzda 1364 nafar (17 oktabrda — 156 nafar, 18 oktabrda — 1208 nafar) shaxs niqobsiz yurgani qayd etilganini ma’lum qilgandik.