O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 30 oktyabrdagi qarori bilan Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida e’lon qilindi.

Ilxom Mahkamov bunga qadar transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Avgust oyida Elyor G‘aniyevning o‘z vazifasidan ozod etilganidan buyon transport vaziri lavozimiga hech kim tayinlanmagan edi.

Yanvar oyi oxirida hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari, jumladan Ilhom Mahkamov o‘z lavozimidan bo‘shatilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi. Bu ularning «shaxsiy mas’uliyati»ni oshirish uchun amalga oshirilgan edi.