30 oktyabr kuni soat 09:00 larda Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka (2004 y.t., kollej talabalari) is gazidan zaharlanganligi va ikkala o‘smir ham vafot etganligi haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bergan edi.

Ushbu hodisa uyning yotoqxonasiga o‘rnatilgan gaz pechidan is gazi sizib chiqqanligi sababli sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda Bosh prokuratura barcha fuqarolardan shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishinni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval is gazidan zaharlanmaslik uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi haqida xabar bergan edik.