Olimpiyada o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev 30 oktyabr kuni Indio shahrida (Kaliforniya, AQSH) bo‘lib o‘tgan boks shousi doirasida WBO Inter-Continental nomzod unvoning ikkinchi o‘rta vazndagi (75,6 kg) nomzod unvoni uchun kurashib, g‘alaba qozondi.

24 yoshli sovrindor Bektemir Meliqo‘ziyev (6−0, 5 KO) uchinchi davrada meksikalik Alan Kempni (17−6, 11 KO) mag‘lub etdi. Ikkinchi raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini ikki marta yiqitdi, uchinchisida ham meksikalik bokschi nokdaunga uchraganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi.

Bundan avval, namanganlik bokschi WBA Americas kontinental unvonini qo‘lga kiritgan edi.