Turkiya g‘arbida 6,6 magnitudali zizlila qayd etildi. RIA Novostining mamlakat Favqulotda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi (AFAD) ma’lumotlariga asolanib xabar berishicha, zilzila markazi Izmir provinsiyasining Seferixisar shahrida joylashgan.

Zilzila mamlakatning g‘arbidagi bir qancha provinsiyalarida va Istanbulda ham sezildi.

«Ayni damgacha biz Izmirdagi Bornov va Bayraqli shaharlaridagi oltita vayron bo‘lgan binolar haqida ma’lumotga egamiz. Ushak, Denizli, Manisa, Belikesir, Aydin va Mug‘la shaharlaridan halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabarlar kelib tushmadi», — deb yozmoqda Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu Twitter saxifasida.

Bundan avval Gretsiyada, Dodekaness orollarida 6,6 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Afina universiteti seysmik laboratoriyasining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 24 kilometr uzoqlikda, Samosaning shimoli-g‘arbida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan edi. Karlovasidagi Maryam ona cherkovi vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.