Respublikada uzoq yillardan beri keng faoliyat yuritib kelayotgan akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barcha viloyatlardan va Qorakalpog‘iston Respublikasidan tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarni bepul diagnostika qilishi haqida «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi. Ushbu xayriya aksiyasi 2 noyabrdan 8 noyabrgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Dunyo statistikasi bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 0,8−1,2 foizi tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi, yani O‘zbekistonda yiliga 600 ming chaqaloq tug‘ilsa, shundan 5000−5500 ga yaqin chaqaloq tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘iladi.

Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMda tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘limi mavjud bo‘lib, 50 o‘ringa mo‘ljallangan. Har yili ushbu bo‘limda 750 ga yaqin tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmokda.

«Aksiyadan bizni maqsadimiz tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekib kelayetgan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va sog‘lom hayotga qaytarish maqsadida o‘tkazilmoqda», — deya ma’lum qildi akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM tibbiyot markazi ma’muriyati.