O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov 29 oktyabr kuni Estoniya Prezidenti Kersti Kalyulaydga ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar berdi Dunyo axborot agentligi. U O‘zbekistonning Estoniyadagi birinchi elchisi bo‘ldi (qarorgohi Riga shahrida).

Estoniya rahbarining «Kadriorg» saroyidagi tantanada prezident Kersti Kalyulayd ilk bor Estoniyada elchi tayinlash orqali O‘zbekiston-Estoniya hamkorligi darajasini ko‘targani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

«Diplomatik qamrovning kengayishi, avvalambor, O‘zbekiston va dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy qiziqish tobora ortib borayotganligining dalilidir», — dedi u.

Kadamboy Sultonov 2019 yilning kuzidan buyon O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2020 yil 27 avgustida u qarorgohi Rigada joylashgan holda O‘zbekistonning Finlyandiyadagi elchisi sifatida расманаккредитациядан o‘tdi.