2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan 103,4 foizni tashkil qildi. Jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar — 174,8 trln so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi — 4,5 trln so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi — 0,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

YAIM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 25,7 foizni tashkil etdi.

Yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 97,1 foizi — dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,5 foizi — o‘rmon xo‘jaligi, 0,4% foizi — baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Statistika qo‘mitasi

Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmida Samarqand viloyatining ulushi 12,9 foizni tashkil etdi va hududlar bo‘yicha yuqoriligicha qolmoqda, Toshkent va Andijon viloyatlari bir xil (10,1%) ulush bilan keyingi o‘rinlarni egallashdi. Eng kam ulush esa Sirdaryo viloyati (3,4%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,5%) va Navoiy viloyatida (4,6%) qayd etildi.

Foto: Statistika qo‘mitasi

Ushbu davr mobaynida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 174 trln so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari — 84,3 trln so‘mni, chorvachilik mahsulotlari — 89,7 trln so‘mni tashkil qildi.

Foto: Statistika qo‘mitasi

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 72,3 foizi — dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 24,7 foizi — fermer xo‘jaliklariga, 3 foizi — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi. Barcha hududlarda eng yuqori ko‘rsatkichlar dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatilyapti.

Foto: Statistika qo‘mitasi

Dehqonchilik

Bu yilning yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 84,3 trln so‘mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan 104,3 foizni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,4 foizni tashkil qildi.

Yanvar-sentyabr oylarida chorvachilik faoliyatining ko‘rsatkichlari:


Donli ekinlar
Sabzavotlar
Kartoshka
Poliz
Meva va rezavorlar
Uzum
Hajmi (ming t.)
6667,1
7630,4
2432,7
1399,1
2067,7
1275,3
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi (%)
2,4
2,7
1,6
4,2
3,9
3,2

Chorvachilik

9 oy davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 89,7 trln so‘mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,6 foizga yetdi.

Yanvar-sentyabr oylarida dehqonchilik faoliyatining ko‘rsatkichlari:


Go‘sht tirik vaznda
Sut
Tuxum (mln dona)
Baliq
Jun
Qorako‘l teri (ming dona)
Hajmi (ming t.)
1839,5
7958,2
5458,7
59,9
30,1
1003,6
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi (%)
2,2
2,9
0,8
9,8
0,3
0,1

Hududlar reytingi

Bu yilning 9 oyida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda viloyatlarning reytingi:

  • Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (790,2 ming t.);
  • Samarqandda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1162,5 ming t.);
  • Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (512,1 ming t.);
  • Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (195,7 ming t.);
  • Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (417,5 ming t.);
  • Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (479,0 t.);
  • Qashqadaryoda eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (221,4 ming t.);
  • Samarqandda eng ko‘p sut olingan (982,1 ming t.);
  • Toshkent viloyatida eng ko‘p tuxum olingan (987,2 mln dona);
  • Xorazmda eng ko‘p baliq ovlangan (7 909 t.);
  • Samarqandda 1,586 mln bosh yirik shoxli qoramol bor;
  • Qashqadaryoda 4,583 mln bosh qo‘y va echkilar bor;
  • Toshkent viloyatida 51105 bosh ot bor.