️Toshkent tumani avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan tuman hokimining qaroriga asosan 26 oktyabr 24:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari tugaguniga qadar Keles yo‘li ko‘chasi (4R-4 «Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtoyo‘li 820 km» avtomobil yo‘lining 0−2 kilometrlari) transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Keles ko‘prigi (Toshkent xalqa yo‘li)dan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldigacha bo‘lgan yo‘l qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Mazkur yo‘nalishda harakatlangan transport vositalari vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda M.Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali 4K-708a avtomobil yo‘li orqali tashkil etiladi (suratda yashil rangda ko‘rsatilgan).

Toshkent viloyati hokimligi haydovchilardan YPX inspektorlari ko‘rsatadigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanib, tartib intizomni saqlagan holda, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashni so‘ramoqda.