Vazirlar Mahkamasining 26 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkillashtirish boshqarmasi «Ko‘ksaroy qarorgohi» davlat muassasasining hududini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs tashkil etmasdan, «Ko‘ksaroy qarorgohi» davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasini tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinmoqda.

Direksiya direktori bir vaqtning o‘zida Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib belgilandi. Uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 4 nafar (direktori, bosh agronom, muhandis, uchastka boshlig‘i)dan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, qarorga bilan direksiya uchun suv sepish hamda «PM-8» rusumli suv sepish va qor kurash mashinasi, ag‘darma mashina, damas-2, TTZ traktori, traktor tirkamasi, 100 litrli va orqad ko‘tarib yuriladigan purkagich, gazon o‘rish texnikasi (20 ta) va trimmer (20 ta) xarid qilishga 2 mlrd 35 mln 313 ming so‘m ajratilmoqda.

Oylik maosh hamda texnik bazani yaxshilash bo‘yicha sarflanadigan harajatlar 2020 yilda Toshkent shahar mahalliy byudjetiga prognozdan ortiqcha tushgan daromadlar hamda iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 2021 yildan esa mablag‘lar respublika Davlat byudjeti parametrlari diorasida ajratiladi.

Ishchi xodimlar soni tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari soni normativini belgilash yo‘riqnomasiga muvofiq, Hukumat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasidagi mavjud bo‘lgan xodimlar soni doirasida tuziladi.

Direksiya xodimlari «Ko‘ksaroy qarorgohi»ga tutash hududdagi ma’muriy va ishlab chiqarish binolarga joylashtiriladi.