2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda DSQ axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan — 52 ta, Koreya Respublikasidan — 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta, jami 82 ta elektromobil import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p. O‘zbekistonga sentyabr oyining o‘zida xorijdan 9 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSH dollari sarflangan.