27 oktyabr kuni Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi «Dunyo» AA.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Baxtiyor Saidov hamda Guandun provinsiyasi va Guanchjou shahar Xalq hukumati rahbarlari ishtirok etishdi.

Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provinsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiritildi.

Bosh konsulxonaning ochilish marosimida O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.