Favqulodda holatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:10da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.

Yer osti silkinishi epitsentri Toshkentdan janubiy-sharqiy yo‘nalishda 292 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkentda: 2 ball (292 km);
  • Namanganda: 3 ball (168 km);
  • Andijonda: 3 ball (152 km);
  • Farg‘onada: 4 ball (99 km);
  • Gulistonda: 2 ball (276 km);
  • Jizzaxda 2 ball (341 km);
  • Samarqandda: 2 ballni (411 km) tashkil etdi.