20 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Aviasoz" bog‘ va uzumchilik sherikligida (BUSH) 2000 kubometr hajmga ega sisternaning yorilganligi haqida xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida 8 ta uylarga qisman zarar yetkazilgan. «Gazeta.uz» muxbiri posyolkaga tashrif buyurib, u yerning aholisi va tuman ma’muriyati bilan suhbatlashdi.

Yetkazilgan zarar

«Aviasoz» BUSH Yangibozor-Parkent yo‘li va qurib qolgan Parkentsoy daryosining o‘zani orasida joylashgan. Uning tik qirg‘og‘i bo‘ylab qurilish chiqindilari yig‘ilib ketgan. Bu yordan deyarli 7-ko‘chaga kiraverishda odamlar lanj holatlarda g‘ishtlarni ajratayotganlari, kuraklarni silkitayotganlari, bir-birlari bilan o‘zaro muloqot kilayotganlarini ko‘rish mumkin. Bularning barchasi esa ikki zanglab ketgan ulkan sisternalarning manzarasida sodir bo‘lmoqda.


Seshanba kuni tongda idishlar uchta edi. Hozir esa ulardan eng kattasi vayron bo‘lgan. Sisternaning qiyshayib qolgan qopqog‘i qisman nam yerda yotibdi. Ishchilar uni bo‘laklarga bo‘lishmoqda. Metallning katta qismi ajratilayotgan paytda havoda bir soniya shunday bir ovoz jaranglaydiki, guyo suvga sho‘ng‘ib ketilayotgandek.

20 oktabr ertalabki soat 4:30 da aynan shu sisternaning qopqog‘i 499 uyga qarab uchayotgan edi. Bundan bir daqiqa avval, dala hovli egasi Irina Mirzayeva qars etgan ovozni eshitdi. O‘rnidan turib derazaga nazar solgan chog‘i, unga qarab ilg‘ab bo‘lmaydigan benihoyat katta va xavfli narsa harakatlanayotganini ko‘rdi. Uning kuyovi Ismoil Toshpo‘latov ham uyg‘ondi. U 6 yashar qizini ko‘tarib, oilasi bilan ko‘chaga tashlandi.


Irina Mirzayeva uyining fonida.

Irina Mirzayevaning dala hovlisi vayron bo‘lmadi. Biroq, yerto‘la suvga to‘lib ketgan, uy poydevori va xonalari bo‘ylab darz ketgan, ba’zi oynalar singan va isitish pechiga putur yetgan bir paytda, hovli mustahkam tura olishiga kim kafolat bera oladi? Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘ining mashinasiga zarar yetgan va 60 ta tovuqlar cho‘kib ketgan. Ulardan 10 tasi tirik qolgan.

Irina Mirzayeva uyining o‘ng tarafida Aleksandr Lobov va Kira Dobroskoklarga tegishli bo‘lgan 497 raqamli dala hovli joylashgan. Ular hozir o‘sha tunda posyolkada bo‘lmaganliklari uchun shukur qilmoqdalar. Odatda ular aynan suv oqimi shlakoblok zaborini chiqarib yuborgan honalarda tunashar edi. Xonalar endi yo‘q.

«Biz haloq bo‘lar edik» — deb aytadi Kira Dobroskok.


Aleksandr Lobov va Kira Dobroskoklarning uyi.

Toshqin haqida unga qo‘shnilar habar berdi. BUSH ga yetib kelganida suv yo‘q, lekin yer nam edi.

«Suv uyimizga toshdi, so‘ng qarama-qarshi tomon, pastga qarab oqib ketdi» — izoh beradi Aleksandr Lobov.

Pastga oqishdan avval, suv Aleksandr Lobov zaborining bir qismi, darvozasi va qandaydir uy anjomini 495 raqamli dala hovli tomon oqizib ketdi. Bu yerda Tatyana Grigorevna istiqomat qiladi. O‘sha tong keksa ayol gumburlagan ovozni eshitdi va xonadagi deraza ochilib ketdi.

«Men shamol bo‘lsa kerak deb o‘yladim, derazani yopaman deb o‘rnimdan turdim, — deb aytib beradi Tatyana Grigorevna. Deraza sinib, to‘shakka chilparchin bo‘lib ketdi. Men darhol turib ketdim. Yalang oyoq edim, chunki barcha narsalar oqib ketgan edi. Hammomga yugurib borib kiyimlarni almashtirdim, mana shu kalishlarni kiydim va bir amallab nabiramga qo‘ng‘iroq qildim. Soat 4:35 edi».

Tatyana Grigorevnaning nabirasi Yevgeniya Shirokova hodisa haqida habar berish uchun qo‘shnilarga qo‘ng‘iroq qilib chiqayotganida, keksa ayol nima bo‘lganini ko‘rish uchun tong otishini kutar edi.


Yevgeniya Shirokova buvisining dala hovlisidagi kirish qismida.

«Balki qayerdadir sel bo‘lgandir. Albatta, men tushuna olmasdim. Men Parkentsoy deb o‘ylardim. Ko‘p yillar avval u qirg‘oqlaridan chiqib ketar edi. U deyarli qurib ketgan, soat 5 da esa nimani o‘ylashni ham bilmaysan. Hech narsa ko‘rinmaydi, hamma narsa suzmoqda. Va gumburalagan ovoz. Barcha narsalar oqib ketayapti, ishonasizmi, shunday xarsanlar oqayaptiki».

Tatyana Grigorevna tirik qoldi, chunki dala hovlining yon tomoniga fligel joylashtirilgan edi. U Aleksandr Lobov hovlisining qoldiqlari zarbasini uyning bir tomonidan o‘ziga oldi. Tatyana Grigorevna uyining fasad qismini, ro‘parada joylashgan 488 raqamli dala hovlining tomi saqlab qoldi.

«Albatta, yurak urib turibdi. Xudoga shukur, tirik qoldim», — deydi Tatyana Grigorevna.

Uning aytishicha, tom 488-uyning qoldiqlari bilan darvozani to‘sib qolgan. Ayol uzoq vaqtgacha ko‘chaga chiqa olmagan. Hattoki Yevgeniya hovliga kirish uchun qurilish chiqindilarini oralab o‘tishiga to‘g‘ri keldi.


Tatyana Grigorevnaning uyini asrab qolgan fligel.

«Barcha narsalar ustma-ust bo‘lib ketgan edi, — deb eslaydi Yevgeniya Shirokova. — Biz yordam kutar edik. Yordam bor edi, lekin avval butunlay bosh-panasiz qolganlarga ko‘rsatilar edi».

Tatyana Grigorevnaning uyi va mol-mulkini asrab qolgan tom Gulnora Rahmatullayevaga tegishli edi.

«Meni endi umuman uyim yo‘q. Nimani yana aytib berishim mumkin?» — deb so‘raydi Gulnora Rahmatullayeva.

O‘sha tong unga akasi qo‘ng‘iroq qildi. Unga singlisining dala hovlisini suv bosgani va kelib ko‘rib ketish kerakligi haqida habar berishadi. Gulnora Rahmatullayeva g‘isht, tahta va temir-tersaklarning uyumida hech narsa topa olmaydi.


Hozirda dala hovlisining qoldiqlarida samovar, qozon va choynak piyolalar turibdi, holos. Ishchilar qayta ishlatsa bo‘ladigan materiallarni, yaroqsiz materiallardan ajratishmoqda.

«Bu mening yuragim edi», — deb yig‘laydi Gulnora Rahmatullayeva. — Biz ko‘pincha shu yerda tunashga qolar edik. Yaqindagina, yakshanba kuni farzandlar, nabiralar bilan edik. Daraxt va gullarga suv sepayotgan edik. Yaxshi saunamiz bor edi. Bronxitim bo‘lgani sababli men shu yerga to‘yib nafas olish uchun kelar edim. Biz bu dala hovlini uzoq 2006 yilda, ozgina pulimiz bo‘lgan paytda sotib olgan edik. Har yili obodonlashtirib borardik. Menda hamma narsa bor edi. Oshxona, ikkita muzlatgich, o‘rin-to‘shaklar. Barchasi chilparchin bo‘lib ketdi".


Gulnora Rahmatullayeva oilaviy dala hovlisining qayta tiklana olishidan tashvishda. Bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lishini esa tasavvur ham qila olmaydi. Oilasida uyni qayta qurish u yoqda tursin, zaborni ham o‘rnatishga imkoniyati yo‘qligi haqida aytib berdi. Ularning uchala farzandlari OTMlarda shartnoma asosida ta’lim olishadi va barcha mablag‘ ularning o‘qishini to‘lashga sarflanadi.

Biz — soliq to‘lovchilarimiz

«Aviasoz» sherikligida 600 dan ortiq hovli uchastkalari mavjud. Aleksandr Lobov hozirda hech kimning suvi yo‘qligini aytib berdi. Balki o‘zining qudug‘iga ega bo‘lganlar suv bilan ta’minlangandir. Lekin uning so‘zlariga qaraganda, ular texnik turiga kiradi, chunki quduqning chuqurligi 20−30 metrni tashkil etadi, sisternalar esa 160 metr chuqurlikdagi manbadan artezian suvi bilan to‘lar edi. Posyolokga ichimlik suvini suv tashuvchilari olib kelmoqda.

«Kichik Sardoba» deb nom olgan falokat sodir bo‘lgan tongda, posyolok hududida shoshilinch sur’atda elektr toki uzildi. Transformator yorilib ketgan sisternaning tagida joylashgan edi. Hozir elektr toki kelgan, «lekin hech birimizga kerak emas «deb aytadi Aleksandr Lobov.

Chorshanba kuni dala hovlisini yaroqsiz deb topib, ekskavator butunlay buzib tashlayotgan bir paytda, FVV va OAVlar uylar faqat qisman vayron bo‘lgan deb bergan xabaridan Aleksandr g‘azabda. Faqat basseyn qolgan. Endi Aleksandr zaborni tiklab, kolgan narsalarni saqlash uchun kichik bir imorat qurmoqchi. Lekin eng avvalo, hududni qoldiqlardan tozalash zarur.


Kira Dobroskok va Aleksandr Lobov vayron bo‘lgan uy yonida

Parkent tumani hokimiyati posyolokga «Toza hudud» korxonasining bir qancha ishchilarini yuborgan, biroq ular orasida keksalar ham bor. Bunday mehnat bilan shug‘ullanish oson emas. Dala hovli egalari tezroq vayronalarni yig‘ib tashlashni hohlashmoqda. Ular «talon-taroj» boshlanmasidan oldin, majburan o‘z ishlaridan javob olib, tirik qolgan mol-mulkni asrab qolishga urinishmoqda.

Yevgeniya Shirokovaning so‘zlariga qaraganda, tun bo‘yi uylarni sherikchilik raisi Ulug‘bek Abdullayev qo‘riqlab chiqayapti. Hozir ham u toliqqan ko‘zlari bilan shu yerda yuribdi. Payshanba kuni uning qon bosimi ko‘tarilgan, avvalari bunday bo‘lmagandi.

Ulug‘bek Abdullayevning ta’kidlashiga ko‘ra, sherikchilikka kislorod ballonlari kerak bo‘lgan. Ularni ertalabdan beri izlab, o‘zining yonidan sotib olgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, yollanma ishchilarning maoshini ham u o‘zi to‘lamoqda.

«Sherikchilik rahbarini qo‘llab-quvvatlash uchun, bizga hozir davlatning yordami zarur, texnika kerak-deb tushuntiradi Ismoil Toshpo‘latov. -Ulug‘bek aka xamma yerda o‘zlarining yonlaridan pul to‘lab yuriptilar, biz kislorod topa olmayapmiz, oddiy shularni tozalab, hal etish uchun. Bu yerga murojaat qiladi, u yerga murojaat qiladi, hech qayerdan ko‘mak yo‘q».


486 dacha.

«Biz barchamiz soliq to‘lovchilarimiz», — deb mayus holda aytadi Anvar aka. Uning 486 sonli dala hovlisi qo‘shni 488 hovlining vayronalari bilan qisman zarar ko‘rgan. Baxtiga, uning oilasi ham o‘sha mudhish falokat kuni posyolokda emas edi. Uyining devori buzilgan. Ikki xonaning teshiklari yarmi g‘ishtlar bilan, yarmi qandaydir mebel va texnika bilan to‘ldirilgan.

«Balki berishar, balki yo‘q. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Zararning qoplanishini istaymiz», — deb yakunlaydi Anvar aka.

Sabablar

Kira Dobroskokning aytishicha, sisternalarni qish mavsumida bo‘shatishar edi. Uning so‘ziga qaraganda, 20 oktabr kuni ular to‘lib ketgan edi. Bosimni ko‘tara olmay, eng katta sisterna yorilib ketgan.

«Bizda bu dala hovli 20 yildan beri bor edi», deb davom etadi Kira Dobroskok. Qishda odamlar kichik bir bochkadan chelaklab suv to‘ldirishar edi, sisternalar esa bo‘sh turar edi. Ularni tekshirib, tozalashlari kerak edi. Qishda axir iste’mol ko‘p bo‘lmaydi, odamlar ham ko‘p yashamaydi".

Aleksandr Lobov sisternalardan hamisha suv sizib chiqishi haqida ham aytib o‘tdi. Ba’zida darz ketgan joylarni yamab qo‘yishar edi. Lekin mahalliy aholi bochkalarning eskiligini va ularni almashtirish kerakligini bilishardi. «Bu juda kattadan katta pullardir», — deb ta’kidlab o‘tadi u.


BUSHning raisi Ulug‘bek Abdullayev ishontirib aytadiki, bochkalar to‘lib ketmagandi va bosim ham normal holatda edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari aviasozlik zavodida ishlagan aholi korxonaning arxivi bilan aloqaga chiqishdi. U yerda aytilishiga ko‘ra, sisternalar 1977 yilda o‘rnatilib, yigirma yilga kafolat berilgan. Hozirda Ulug‘bek Abdullayev qurilmalar bo‘yicha hujjatlarni topishga urinmoqda.

Gulnora Rahmatullayeva hech kimni ayblamoqchi emas va shunday muammoga duchor bo‘lgan, endigina ushbu lavozimga tayinlangan sherikchilik raisiga hamdardlik bildirmoqda.

«Meni hozirda kim aybdor, sababi nimada ekanligi umuman qiziqtirayotgani yo‘q. Endi menga farqi yo‘q. Men ikki kun yig‘ladim. Men bu yerga toza havodan nafas olish uchun kelar edim. Lekin kimning aybi bilan bo‘lgani, nimaga sodir bo‘lganini to‘g‘risini aytsam, hech kimga aybdorlikni yuklagim kelmayapti. Asosiysi menga yordam berishdi».

Sisterna kimniki?

Parkent tumani hokimiyatining sanoat rivojlanishi va kapital qurilish bo‘yicha asosiy mutahassisi Shavkat Akramov «Gazeta.uz»ga shuni tushuntirdiki, hukumat qarori bilan bog‘ va uzumchilik sherikligining nizomiga ko‘ra, BUSH — bu ixtiyoriy ravishda jismoniy shaxslar bilan tuzilgan, savdo-sotiqqa oid tashkilot emas. Bundan tashqari, BUSH bu o‘zining shahsiy shtampi, muhri va bankdagi hisob raqamiga ega yuridik shaxsdir.

BUSH sherikchilik vakillarining majburiy va har oylik to‘lovlari hisobiga faoliyat yuritadi. BUSH aholisining kommunal va boshqa hizmatlarini ta’minlash uchun kerakli korxonalar bilan shartnomalar imzolanadi va ular o‘z xizmatlarini uy xo‘jaliklariga sotishadi.

Shavkat Akramov tuman hokimiyati yuridik shaxsga hodisaning oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishiga majbur emasligini ta’kidlab o‘tadi. Lekin shunga qaramay, tuman ma’muriyati muammoni bartaraf etishda maxsus shtabni tashkil etishga chorlandi va hududni tozalash uchun hech qanday mablag‘siz texnika ajratdi.


Shavkat Akramov qo‘shimcha qiladiki, (BUSH texnik mutaxassislarga ehtiyoj sezilganda, davlat idoralariga murojaat qilinishi kerak va ular bilan hizmatlar bo‘yicha shartnoma imzolash zarur.

Bundan tashqari, tuman hokimiyati «Aviasoz» BUSH da jabr ko‘rgan aholiga kam foizli mikrokreditlarni olishda yordamlashishini va garov asosida qarzlarni olishga yoki daromad manbai haqidagi hujjat asosida yuritishga yordam beradi, deb ta’kidlab o‘tdi Shavkat Akramov.

Quduqlar, sisternalar va nasoslar BUSH hududida joylashganligi sababli, sisternaga o‘z-o‘zidan sherikchilikning o‘zi ma’sul ekanligini aytib o‘tadi Ulug‘bek Abdullayev. Shuning uchun, falokat oqibatlarini bartaraf etish va qayta tiklash uchun davlat byudjetidan moliyaviy yordamni kutish kerak emas. Biroq, davom etadi u, ikki yil avval ushbu lavozimga kelganida, «Aviasoz» bo‘yicha hech qanday gidrotexnika hujjatlarini olmaganligini aytib o‘tadi.

FVVning harakati

Yevgeniya Shirokovaning turmush o‘rtog‘i Bahodir Alimov mahalliy boshqarmaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha olib borayotgan ishlaridan norozi. Uning so‘zlariga qaraganda, 20 oktabr kuni BUSHga FVVning bir vakili kelib, bir qancha fotosuratlar olib ketdi. «Nima uchun FVV tuzilgan? Texnogen hususiyatli falokatlardan asrash uchun, faqat oqibatlarini bartaraf etish uchun emas. Ular buni oldindan ko‘ra olishi kerak. Ularda aynan shunday favquloddagi vaziyatlarga moyil bo‘lgan obektlarning kadastri, reyestrlari bo‘lishi kerak, - ta’kidlaydi u. — Ular ushbu obektlarning ekspluatatsiyasidan avval, ularning o‘ziga hos hususiyatlarini inobatga olgan holda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kerak. Qanday tekshiruvlar bo‘lishi kerak, reglamentlar, hizmat ko‘rsatish. FVVning o‘zi ma’lum vaqt oralig‘ida kelib, tekshirishi shart. SES axir kelib tekshirib yuradiku».

Bahodir Alimovning fikriga ko‘ra, agar FVVda yetarlicha mutaxassislar bo‘lmasa, boshqa tashkilotlardan kelib, maxsus moslamalar bilan o‘lchaydigan, kamchiliklarni topa oladigan va ularni oldini olish uchun ogohlantiradigan ekspertlar jalb qilinishi kerak.


«Biz shu yerga yaqin bo‘lgan joyda yashaymiz. Hech qachon suv oqishlari kuzatilmagan, — deb qo‘shimcha qiladi Bahodir Alimov. — Shu paytgacha, hali biror marta tekshiruv bo‘lmagan». Rais Ulug‘bek Abdullayev uning gapini qo‘llagan ishora qiladi.

«Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida«gi va «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to‘g‘risida«gi qonunlarga, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi nizomga binoan, vazirlik favqulodda vaziyatlarning xavf omillari va tahdidlarini aniqlab, gidrotexnika inshootlarining texnik holatini kuzatishi kerak.

Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot, BUSH holatida esa sherikchilikning o‘zi amalga oshirishi kerak. Lekin, gidrotexnik inshootlarining tekshiruvida, ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotni, ya’ni «Aviasoz» ni nazorat qilish kerak. BUSHning sisternalarni ekspluatatsiya kilishi ustidagi nazoratni esa Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi olib borishi kerak, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati «Gazeta.uz» nashriyotiga. Nashriyot qo‘mitadan izoh ola olmadi.

«Mas’uliyat oldindan ishlarni olib bormagan FVVdadir. Bu ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri majburiyatidir. — deb davom etadi Bahodir Alimov. — FVV vakili keldi. U o‘zining tumanda yakkaligini va hech nima qila olmasligini aytdi. Agar unda texnika va mutaxassislar yo‘q ekan, harakatlar reglamenti borku axir. Nima qilishi kerak, kimni ogohlantirishi kerak. U barcha oqibatlarni ko‘rdi. Agar tumanda texnika yo‘q ekan, viloyatdan jalb et. Suv boshqa tumanlarni ham bosishni boshladi».

Bahodir Alimov qanday qilib hech bir texnik mutaxassis kelmay turib, o‘lchamlarni olmay turib falokat sababini aniqlashganliklarini tushuna olmayapti.

«Jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular aybdorni izlashadi, sababini qidirishadi. Barchasi o‘zda qoladi. Bu yerda ekspertiza kerak axir. Sisterna bo‘laklarga bo‘linib ketayotgan bir paytda, kanday qilib biror nimani hal etish mumkin?»


Hodisaning sababini aniqlash kerak, chunki bu kabi sisternalar boshqa xo‘jaliklarni ham suv bilan ta’minlashda kerak. Falokatning yana yuz berishini oldini olish kerak, deb ta’kidlaydi Bahodir Alimov

FVV matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga habar berishiga ko‘ra, bu favquloddagi vaziyat. Vazirlikning say-harakatlari va mablag‘lari sisternaning yorilishi oqibatlarini oldini olishga qaratilgan. Suv tortib olinardi, hudud chiqindilardan tozalanar edi, hamda qayta tiklash ishlari olib borilar edi.