Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan Yo‘ldoshev Abdumannob Abdug‘affor o‘g‘li O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Shu munosabat bilan Musurmonov Sherali Ilxomovich ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Sh. I. Musurmonov 2019 yil 27 sentyabridan Akram Eshankulovning o‘rniga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangandi.