Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida 19 970 ta nikoh bekor qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi хабарига ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygan.

Yanvar-sentyabr oylarida ajralishlar mos ravishda 2017 yilda 23,6 mingta, 2018 yilda 23,8 ming, 2019 yilda 23,6 ming va 2020 yilda qariyb 20 mingtani tashkil etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida o‘tgan yillarga nisbatan 3,6 mingdan kamroq ajralishlar qayd etilganini ko‘rsatmoqda.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi.

Shu yilning o‘tgan davrida 49,8 foizi farzandsiz, 29,6 foizi bitta farzandli va 20,6 foizi ikki va undan ortiq farzandli oilalarga darz ketgan.

Hududlar bo‘yicha 9 oy mobaynida nikohdan ajrashganlar eng yuqori koeffitsiyenti (promille) Toshkent shahri (1,4), Sirdaryo (1,3), Andijon (1), Navoiy (0,9) va Toshkent (0,9) viloyatlarida qayd etilgan.

Eng kam ajralishlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning yanvar-senyatbr oylarida 184 ming, 2019 yilning mos davrida esa 195,2 ming nikoh qayd etilgan.