O‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirova 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan aralash janglar bo‘yicha UFC 254 turniridagi debyut jangida mag‘lubiyatga uchradi.

28 yoshli Liliya Shakirovaning (8−2) eng yengil vaznda raqibi UFC reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan 37 yoshli amerikalik Loran Myorfi (14−4) edi. O‘zbekistonlik ayol jangni qisqa vaqt ichida, jangdan 8 kun oldin qabul qildi.

Birinchi raundda Myorfi birinchilardan bo‘lib xarakatni boshladi. Shakirova qarshi hujumlar qildi, raqibini qarshi zarbada ushlashga va shuningdek, teykdaun amalga oshirishga urindi. Amerikalik ikkinchi raundni yanada shiddat bilan boshladi, raqibini yerga yiqitdi va bo‘g‘ib qo‘ydi. O‘zbekistonlik ayol uzoq bardosh berolmadi — u taslim bo‘lish belgisini berdi va jang tugaganiga ishora qildi.

UFC 254 musobaqasining asosiy hodisasi Yengil vaznda amaldagi chempion (70 kg) Xabib Nurmagomedov (29−0) va Jastin Geydji (22−3) o‘rtasidagi jang bo‘ldi.