Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘z chempionligini vaqtincha chempion Jastin Geyjiga qarshi himoya qildi. 25 oktyabrga o‘tar kechasi Abu-Dabidagi (BAA) «Boysovskiy orolida» bo‘lib o‘tgan jang rossiyalik sportchining muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.

32 yoshli Nurmagomedov (29−0) ikkinchi davrada 31 yoshli amerikalik Geyjini (22−3) «uchburchak» bo‘g‘uvchi uslubida mag‘lubiyatga uchratdi.

Habib Nurmagomedov uchinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi. Oldingi ikki jangda u ikki vazn toifasidagi sobiq liga chempioni Konor Makgregor va sobiq muvaqqat chempioni Dastit Pore ustidan g‘alabaga erishgan edi.

Rossiyalik sportchi 2008 yilda aralash yakkakurash bo‘yicha debyut qilgan edi. Habib aralash jang san’ati bo‘yicha umumiy hisobda 29 ta jangda 29 g‘alaba qozongan. Geyjiga qarshi jang uning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning koronavirusdan vafot etganidan keyingi birinchi jangi edi.

G‘alabadan so‘ng Habib ringda o‘tirib, yig‘lay boshladi. O‘yindan keyingi intervyu paytida Nurmagomedov bu uning MMAdagi so‘nggi jangi ekanligini bir necha bor ta’kidladi. Unga ko‘ra, u onasiga Geyji bilan jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashiga va’da bergan.

«UFC Jastin bilan jang qilishim to‘g‘risida habar berganida, men onam bilan uch kun bu to‘g‘risida gaplashdim…Onam otamsiz jang qilishimni istamadi, men bu so‘nggi jangim bo‘lishiga va’da berdim», dedi u.

Xabib Nurmagamedov qo‘lqoplarini polga uloqtirdi. U shu yo‘l bilan bu uning so‘nggi jangi ekanligiga ishora qildi.

Foto: UFC.

Foto: ESPN.