«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda asosiy taomni o‘rnini bemalol bosa oladigan iliq salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Nemischa salat


Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlaniladigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo‘lib, tayhorlanilishi oddiy bo‘lsada, ammo ta’mi juda ham mazali.

Rediska solingan kartoshkali iliq salat


Tez tayyorlaniladigan mazali yeguliklardan tanovvul qilishni istasangiz, unda mana bunday ajoyib salat retsepti sizga ko‘maklashadi.

Baqlajon va tovuqdan iliq salat


Barcha salatlardan tayyorlab ko‘rib, qandaydir yangicharoq retsept qidirish payidamisiz? Unday bo‘lsa baqlajon va tovuqli iliq salat retsepti sizga qo‘l keladi. Bunday to‘yimli salat bemalol asosiy ovqatning ham o‘rnini bosa oladi.

Pomidor va baqlajonli iliq salat


Ushbu sabzavotli salat — iliq holida ham, sovuq holida ham betakror va mazali. Sersuv pomidor, qovurilgan mayin va xushbo‘y baqlajon, qarsildoq shirin bulg‘or qalampiri — doimo bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.

Steyk bilan tayyorlangan iliq salat


Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko‘rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.

Rimcha salat


3 xil masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali salat tayyorlashni sizlarga tavsiya. Go‘sht, qo‘ziqorin va rukkoladan tayyorlaniladigan bu salat bemalol ovqatning o‘rnini bosa oladi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15