Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan noqonuniy ravishda olib kirilayotgan «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi, deya xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Fuqaro Q.B. boshqaruvidagi Kia Bongo 3 rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, mashina yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 150 mln so‘mlik, jami 1000 dona «Tropikamid» borligi aniqlangan. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentyabr oyida Vazirlar Mahkamasi kuchli dorilar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Bunga, xususan, «farmatsevtik dorilar» sifatida mashhur bo‘lib kelgan zaleplon, pregabalin va tropikamid kiradi.