Olimjon Namozovich Mirzayev madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san’atini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Olimjon Namozovich Mirzayev 1981 yilda tug‘ilgan. 2001 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2003 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. 2017 yil «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

U 2003−2005 yillarda aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot xavfsizligini taminlash bo‘limi malumotlarni uzatish tarmoqlari marketing sektori bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 2005−2011 yillarda ushbu agentlikda Axborot xavfsizligi vositalarini sertifikatlashtirish sektori boshlig‘i, 2011−2012 yillarda esa Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.

2014−2017 yillarda u «Axborot xafvsizligini ta’minlash markazi» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, 2019 yildan esa «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.