Samarqanddagi ikkita ko‘chaga A’zamxon Baxramov va O‘ktam Barnoyev nomlari beriladi. Bunday taklif Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida bildirildi.

A’zamxon Bahromov va O‘ktam Barnoyevlar turli yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan.

A’zamxon Bahramov 18 oktyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. U 2006−2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajargan. 2017 yildan boshlab Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

O‘ktam Barnoyev esa 55 yoshida sentyabr oxirida vafot etdi. U 2008−2010 yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. Joriy yilning fevral oyidan boshlab O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.