Insoniyat duch kelgan pandemiya rejalarimizni buzib yubordi, iqtisodiyotga qaqshatqich zarba berdi, xalqaro aloqalarni muzlatib, xalqlarni o‘z hududlaridagi uylariga qamab qo‘ydi.

Yaqin oylarda pandemiya tugashini kutishga hatto umid ham yo‘q. Virus tobora avjiga chiqmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktyabr holatiga dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 40,5 milliondan oshib, ulardan 1,12 milliondan ortig‘i vafot etdi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish bu raqamning hayratomuz va dahshatli ekanini bayon etdi.

Albatta, har bir mamlakat o‘z kuchi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish siyosatini olib bormoqda. Bu borada kasallangan va vafot etganlar bo‘yicha past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlarning tajribasini o‘rganish muhimdir.

Vahimasiz karantin. Boshlanishi

Pandemiya e’lon qilingan birinchi kundanoq O‘zbekistonda virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha zudlik bilan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bu koronavirus tufayli o‘limlar soni ortishining oldini olish imkonini berdi.

Lekin virus hech qayerga ketgani yo‘q, xuddi butun dunyodagi kabi. Karantin rejimining yumshaytirilishi esa kasalliklar va o‘limlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Agar joriy yil may oyida O‘zbekistonda kuniga o‘rtacha 51 ta virus yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich allaqachon 163 taga ko‘tarildi.


Garchi O‘zbekiston pandemiya boshlanganda epidemiyaning keng avj olishi va nazoratsiz ko‘payishidan saqlanib qolgan bo‘lsa-da, hozirgi vaziyat shundan dalolat bermoqdaki, xotirjam bo‘lish kerak emas. Ayni vaqtda karantin choralarining yumshatilishi, niqob taqish rejimiga rioya qilmaslik (bu ayniqsa, hududlarda sezilmoqda), virus yuqishini tezlashtiradigan kuz-qish mavsumi bemorlar sonining oshishiga turtki beradi. Ma’lumki, bir vaqtning o‘zida qancha kam odam kasal bo‘lsa, har qanday epidemiyaga qarshi kurashish shuncha oson bo‘ladi.

Vaziyat o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, nima bo‘lishi mumkin? Javob aniq: ko‘rinmas yovga qarshi kurashni qat’iyat bilan davom ettirish kerak, aks holda yo‘qotishlar ko‘lami ortadi va muammo ham katta bo‘ladi. Savol: qanday kurashish va u samarali bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Butun dunyoning birgalikda kurashishi

Pandemiya kasallik tarqalishiga jahon hamjamiyatining tayyorgarligi, afsuski, yetarli emasligini ko‘rsatib berdi. Agar birgalikdagi sa’y-harakatlar kuchaytirilmasa, vaziyat nazoratdan chiqib ketishi va ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus 18 sentyabr kuni matbuot uchun brifingda nutq so‘zlab, qat’iy siyosiy iroda va yetarlicha moliyaviy resurslar bizga bugun pandemiyaning oldini olish va keyinchalik yumshatish imkonini berishini ta’kidladi. Bu xayriya tadbiri emas, bu bizning umumiy kelajagimiz uchun investitsiyalardir. Mamlakatlar uchun keskin o‘zgarish davri yetib keldi va jahon rahbarlari infeksiya tarqalishini jilovlashga va sog‘liqni saqlash tizimi hamda tibbiyot xodimlarini himoya qilishga ko‘maklashadigan sinalgan aniq maqsadli choralar ko‘rishi zarur.

Koronavirusga qarshi kurashda ijobiy natija ko‘rsatayotgan Tailandni misol qilib keltirish mumkin. Shu yilning 13 yanvar kuni Tailand kasallikni Xitoydan tashqarida aniqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi. OO‘RS (og‘ir o‘tkir respirator sindromi) va H5N1 (parranda grippi) infeksiyasiga qarshi kurashish tajribasi va ijtimoiy sog‘liqni saqlash hamda epidemik nazoratning ishonchli tizimi Tailandda «mushakli xotira»ni rivojlantirish imkonini berdi, bu esa COVID-19 pandemiyasiga qarshi tezlikda choralar ko‘rishga zamin yaratdi.

Davlat organlarining qat’iy kompleks sa’y-harakatlari va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi hamda millionlab jamoat tibbiy-sanitariya xodimlari (mamlakat aholisi 69 milliondan ortiq) borligi kasallik yuqtirgan shaxslarni va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlashning samarali tizimini tezlikda rivojlantirishga ko‘maklashdi. Bu mamlakatga infeksiya yuqtirish zanjirini uzishga yordam bergan fuqarolar ko‘magida virus tarqalishini to‘xtatish imkonini berdi. JSST Tailandning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Маълuмотni yashirmaslik kerak

Germaniya tajribasi yaxshi namun bo‘la oladi. U yerda epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq siyosiy qarorlar Robert Kox institutining ishonchli ma’lumotlariga asoslanadi. Mazkur institut Germaniyaning yuqumli va bakterial-virusli kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biridir.

O‘zbekiston uchun ham epidemiyani jilovlash bo‘yicha ishlarni qat’iy ilmiy asosda olib borish, mamlakatdagi epidemiya ko‘lamini baholash, shuningdek, qarorlar qabul qilishda faqat ishonchli manbalardan foydalanish o‘ta muhimdir. Ma’lumotlarni yashirish yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini bermaydi, natijada zarur chora-tadbirlar ko‘rilmaydi, bu esa oxir-oqibat koronavirus qurbonlari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Ishonchli tarzda to‘plangan ma’lumotlar har kuni hududiy va milliy darajada umumlashtirilishi hamda tahlil qilib borilishi kerak. Ma’lumotlar bemorlarning yoshi, jinsiy mansubligi, test turi va kasallikning og‘irligi bo‘yicha ajratilishi lozim. Doimiy tahlil hisobotlari hukumat veb-saytida erkin joylashtirilishi maqsadga muvofiq.

Vaholanki, bir nechta davlatning ko‘plab mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari kuzatuv ma’lumotlarini taqdim etish uchun allaqachon onlayn boshqaruv panellarini ishlab chiqdi. Ularning asosiy maqsadi infeksiya tarqalishini cheklash, sog‘liqni saqlash idoralariga COVID-19 yuqish xavfini boshqarish va shu bilan iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatni maksimal darajada tiklash imkoniyatini berishdir. Ehtimol, bizda ham epidemiologik nazorat tizimiga yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish vaqti kelgandir.

Test va yana bir marta тест

Epidemiyani jilovlash bo‘yicha boshqa mamlakatlarning tajribasidan ibrat olish mumkin. Xususan, pandemiya bilan kurashish bo‘yicha Germaniya bemorlar orasida o‘lim darajasining pastligi bilan bugun Yevropadagi qo‘shnilariga qaraganda peshqadam. Bunda unga keng dasturdagi test tizimi, qat’iy karantin va sog‘liqni saqlashning ishonchli tizimi yordam bermoqda.

Germaniyada haftasiga 120−200 ming kishidan test olinadi, bu esa, kasallikni erta aniqlash imkonini beradi. Mamlakatda virus yuqtirganlar soni kuniga 50 kishiga, hatto ba’zi mintaqalarda har 100 ming aholiga 30−35 kishiga ko‘payishi noxush holat hisoblanadi. Hozirgi kunda infeksiya aniqlanganlar soni kuniga 100 ming aholiga 3,1 kishini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, bu mamlakatda boshqa laboratoriyalarga testlarni o‘tkazishni taqiqlaydigan tezkor bo‘lmagan diagnostika tizimiga ega markazlashtirilgan davlat laboratoriyasi mavjud emas. Tibbiyot sohasi — bu ochiq bozor. Davlat va xususiy tibbiy xizmatni birlashtirgan rivojlangan tizim pandemiya bilan kurashishda nihoyatda qo‘l kelmoqda. Germaniya bir kishining sog‘lig‘ini saqlash maqsadlariga har yili 4 714 dollar sarflaydi. Bu boshqa davlatlarga qaraganda ko‘p. Bundan tashqari, Germaniyada ixtisoslashgan shifokorlar va tibbiy muassasalar, shuningdek yetarli miqdordagi yotoq joylar mavjud. Bularning barchasi, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, og‘ir ahvoldagi bemorlarning omon qolishiga salmoqli hissa qo‘shadi.


Fuqarolarning cheklov choralariga munosabatini tushungan holda hukumat olib borgan faol harakatlar Janubiy Koreyaga koronavirusning ikkinchi to‘lqini jadalligini pasaytirishda yordam berdi. Epidemiyaga qarshi kurash strategiyasi «sinovdan o‘tkazish, kuzatib borish, oldini olish» tamoyiliga asoslandi.

Test olish jarayonlari qanday o‘tdi? Hukumat tezkor, qulay va ommaviy testlar o‘tkazdi. Eng boshidanoq kunlik testlar soni 12−20 ming oralig‘ida o‘zgarib turdi. Bunday hajmlar infeksiya o‘choqlarini tezda aniqlash va lokalizatsiya qilishga imkon berdi. Bunday dasturni amalga oshirish uchun butun mamlakat bo‘ylab bepul mobil markazlar tarmog‘i yaratildi. Ular piyoda yurish (walk-thru) va transport haydash (drive-thru) tizimlarida ishladi.

10 million aholisi bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) iyul oyidayoq allaqachon 4,5 milliondan ortiq testlarni o‘tkazgan, bu o‘sha paytda AQSHning shunday ko‘rsatkichidan 3 baravar yuqori edi. Darvoqe, bu milliondan ortiq aholisi bo‘lgan davlatlar orasida eng yuqori test darajasi bo‘ldi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati sinovlardan o‘tishni juda osonlashtirdi va ushbu choralar ko‘p jihatdan virus tarqalishining oldini olishga yordam berdi. Shubhasiz, ommaviy test infeksiyaning tarqalishi va saqlanishida muhim omil hisoblanadi.

Hozirgi kunda koronavirusni aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda 43 ta davlat laboratoriyasi, ularda 92 ta koronavirus infeksiyasini aniqlash usukunalari mavjud.

Nega aholini keng qamrovli testdan o‘tkazish juda muhim? Bu infeksiyaning tarqalish darajasi va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi. Tasdiqlangan holatlar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni talqin qilish uchun aslida qancha COVID-19 testini o‘tkazish lozimligini davlat bilishi kerak. Test virus yuqtirganlarni yakkalash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning kimlar bilan aloqada bo‘lishini kuzatib borishga imkon beradi. Bundan tashqari, ishonchli statistika tibbiy resurslar va xodimlarni to‘g‘ri va samarali taqsimlashga yordam beradi. Ommaviy testlarning yana bir ijobiy tomoni — bu o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimining amalga oshirilishini va ish joylari, jamoat joylari, umuman, jamiyatda karantin choralariga rioya qilish darajasini baholab borish va kerakli xulosalarni chiqarishda muhim o‘rin tutishidir.

Bugungi kunga kelib koronavirus dunyoning 213 mamlakati va hududiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Ammo ulardan faqat 104 tasidagina COVID-19 testlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud, xolos. Afsuski, Xalqaro ma’lumotlar bazasida joriy yilning 14 iyun kunidan keyin O‘zbekiston haqida ma’lumot uchramadi. Veb-sayt ma’lumotlariga ko‘ra, Lyuksemburg (12.49), Bahrayn (5.83), BAA (4.56), Isroil (3.12), Daniya (2.25) aholining har mingta qismiga to‘g‘ri keladigan testlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘tkazilgan testlar sonini bilish, haqiqiy vaziyatni, uning dinamikasi va prognozlarini baholash uchun ham o‘ta zarurdir, bu yetarli darajadagi chora-tadbirlar tizimini shakllantirish imkonini beradi.

Nima uchun referens — laboratoriyalari kerak?

Pandemiya mamlakatdagi laboratoriyalarni kompyuterlashtirish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va laboratoriya dasturiy ta’minotini joriy qilish kabi muammolarni yuzaga chiqardi.

Bugungi kunda laboratoriya tahlili sohasida yangi samarali texnologiyalarni joriy etish har qachongidan ham dolzarbdir. Hozirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro institutlar ko‘magida sog‘liqni saqlash tizimidagi laboratoriyalarni jihozlash va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ish olib bormoqda.

Vazifasi boshqa laboratoriyalarning tadqiqotlari sifatini va aniqligini baholashdan iborat bo‘lgan referens — laboratoriyalarini yaratish ishning barcha bosqichlarida yuqori sifat nazorati o‘rnatish uchun ham nihoyatda zarur hisoblanadi. Va bugungi kunda bu har qachongidan ham muhimroq.

Biz yangi sinovlarga tayyormizmi?

Pandemiya shuni ko‘rsatdiki, sog‘liqni saqlash tizimlarining haddan tashqari zo‘riqishi boy davlatlarga ham, kambag‘al davlatlarga ham birdek tahdid solmoqda. Jiddiy epidemiologik vaziyat jiddiy iqtisodiy tanazzul bilan birga O‘zbekiston aholisining sog‘lig‘iiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Davlat rahbarining 2020 yil 25 iyulda imzolangan «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish va sanitariya-epidemiologiya xizmatini yana kuchaytirishga qaratilgan. Mazkur hujjat sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash, diagnostikasi va davolash bo‘yicha o‘zaro ta’sir mexanizmlarini belgilab berdi.

Jumladan, koronavirusning oldini olish bo‘yicha har bir oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etildi.


Farmon bilan yagona tizim — Sanitariya-epidemiologiya xizmati, uning viloyat boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi. Yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun sharoit yaratish va sohada ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonunni yangi tahrirda va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish belgilandi.

Hukumatga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga qarshi harakatlarning batafsil algoritmi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish topshirildi. Shunday qilib, yangi tashkil etilgan Sanitariya-epidemiologiya xizmati har qanday epidemiyadan himoya qilishning ishonchli tayanchiga aylanishi va uning faoliyati, avvalo, qat’iy epidemiologik kuzatuvga asoslangan bo‘lishi kerak.

Infeksiya taрқалish yo‘llarini uzish va birgalikda harakat qilish

Barcha ko‘rilayotgan choralarga qaramay, mamlakatda epidemiologik vaziyat ancha jiddiyligicha qolmoqda. Har kuni 300 ga yaqin faol yuqtirish holatlari mavjud, ularning aksariyati aholi orasida. Xo‘sh, nima qilish kerak? Virusdan yo‘qotishlar va oqibatlar minimal bo‘lishi uchun ratsional ozuqani qanday topish mumkin?

Muammoning yechimi uning sirtida yotadi — virus yuqtirganlarni, shuningdek, yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lganlarni ajratish uchun yuqtirish yo‘lini to‘g‘ri topish va o‘z vaqtida to‘sish kerak. Epidemiyaning oldini olish uchun boshqalarning sog‘lig‘iga bevosita tahdid soladigan koronavirus tashuvchilarni aniqlash o‘ta muhimdir. Infeksiya yuqtirish yo‘lini uzish uchun bunday tashuvchilarning boshqalar bilan aloqalarini muntazam kuzatib borish lozim.

Kuzatish infeksiyaning odamdan odamga yuqish zanjirlarini uzish imkonini beradi. Bu virus yuqtirgan odam bilan muloqotda bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlash va keyinchalik muntazam nazorat qilib borishni o‘z ichiga oladi. Virus yuqqan odam bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni o‘sha kundan boshlab 14 kun ichida har kuni kuzatib borish, yuqtirish va kasallik xavfi yuqori bo‘lganlarni aniqlash va ularni boshqa odamlarga yuqtirguniga qadar karantinga olish lozim.

Eng tezkor hisobotlar, aloqada bo‘lganlarni kuzatish samaradorligini ta’minlash, tezkor boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri yo‘naltirilgan va mas’uliyatli kuzatuv infeksiya yo‘lini to‘sadi va uning hech bo‘lmaganda tezda tarqalishining oldini oladi. Bunday qilmasak, biz sog‘liqni saqlash tizimini haddan tashqari zo‘riqtirib qo‘yamiz va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar o‘z vaqtida tibbiy yordamdan mahrum bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun infeksiya darajasini pasaytirish, o‘sish egri chizig‘ini tekislash o‘ta muhimdir, bu sog‘liqni saqlash tizimiga COVID-19ga qarshi kurashish uchun yangi vositalarni topish imkonini beradi.

Bu sa’y-harakatlarda mamlakatning barcha aholisi faol ishtirok etishi kerak. Odamlar kasallik qaytalanishining oldini olishda har kimning o‘z o‘rni borligini anglab yetishlari zarur. Asosiysi — prinsipga rioya qilish: o‘zingiz yuqtirmang va boshqalarga ham yuqtirib qo‘ymang; o‘zingizni himoya qilsangiz, siz pandemiyani jilovlaysiz!


Odamlar samarali epidemiologik nazoratga beqiyos hissa qo‘shishlari mumkin. Buning uchun ular yangi virusning barcha jabhalarini, ayniqsa, uning tarqalishi, yuqishi va oldini olish borasidagi holatlarni yaxshi tushunishlari kerak. Nima bo‘lganda ham, fuqarolar kasallikning dastlabki belgilari yoki alomatlari to‘g‘risida laboratoriya tekshiruvisiz yoki shifokorning ko‘rigisiz o‘zlari mustaqil ravishda xabar berishlari darajasiga erishishimiz kerak.

Yoshлар: ulg‘ayish vaqti

Yosh avlod bundan befarq qolmasligi kerak, zero mamlakatning ertangi kuni ularga bog‘liq.

Yoshlar nima qilishlari mumkin? Mahalliy jamoatchilik darajasida tushuntirish ishlarini olib borishlari, volontyorlik bilan shug‘ullanishlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga yaqindan yordam berishlari mumkin. Bu virus yuqtirgan taqdirda og‘ir kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘lgan keksa avlod vakillari oldidagi katta mas’uliyatdir. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun epidemiologik nazorat bo‘yicha kuzatuv ishlarida ishtirok etish eng maqbul yo‘l. Ehtimol, bu faol yoshlar harakatini malakali tashkil etish mumkin bo‘lgan faoliyatning to‘liq ro‘yxati emasdir.

Shu bilan birga, yoshlar uchun «niqob» madaniyatini kuzatishda beparvo bo‘lmaslik muhim jihatdir. Ular boshqalar kabi bir xil choralarni ko‘rishlari kerak.

Tezkorlik, monitoring va tizimli yondashuv

Biz keng miqyosdagi karantin cheklovlaridan bosqichma-bosqich voz kechish, og‘ir holatlarni tashxislashdan barcha holatlarni aniqlash va izolyatsiyalashga o‘tish, uning doirasida profilaktika choralarini doimiy ravishda amalga oshirib borish «yangi me’yor» ekanini anglab yeta boshladik.

Shuning uchun shubhali holatlarni tezkor aniqlash, yakkalash, test sinovlarini o‘tkazish va boshqarishni ta’minlash juda muhimdir. Bu o‘rinda aholining zaif qatlamlari orasida virus tarqalishini o‘z ichiga olgan kasallik epidemiyasini aniqlash va nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, uzoq muddatli epidemiologik an’analarni monitoring qilib borish lozim. Tezkorlik va monitoring, yana tezkorlik — bu koronavirusga qarshi kurashda yangi yondashuvning asoslari.

Buning uchun sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada inson resurslariga ega bo‘lishi kerak. Mamlakat COVID-19 pandemiyasi muammosiga birinchi marta duch kelayotganini idrok etish muhimdir.

Binobarin, pandemiya o‘z pozitsiyasini boy bermayapti, bu uni jilovlash va o‘sishini to‘xtatish uchun bugun amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu, avvalambor, COVID-19ning hayotiyligini va tarqalishini tushunishda, o‘rganilayotgan hodisaning asosiy omillarini aniqlashga qaratilgan muntazam yondashuv.

Agar biz ushbu asosiy omillarni tushunmasak, noxush holatlar soni keskin o‘sishi mumkin. Virus tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash, ma’lumotlarni muntazam tahlil qilish, resurslarni qayta taqsimlash, infeksiyani muvaffaqiyatli nazorat qilish tajribasini o‘rganish, tibbiyot xodimlarini doimiy o‘qitish — bularning barchasi noxush holatlarning o‘sish egri chizig‘ini birgalikda bostirishga va keyinchalik infeksiyalar tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi.


Va bu yerda mashhur prinsip birinchi o‘rinda turadi — kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq. Pandemiya u yoqda tursin, har qanday epidemiyada eng xavfli omil, bu kasallikning o‘zi emas, balki uning keng tarqalishidir. Ertami-kechmi, vaksinalar yaratiladi, ammo unga qadar kasallik tarqalish zonalarini lokalizatsiya qilish va tarqalish zanjirlarini to‘xtatish juda muhimdir. Bu nafaqat pandemiya, balki ushbu kasallikning global tarqalishiga qarshi kurash kalitidir.

Epidemik vaziyatni nazorat qilish strategiyasiga aholi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish zarur. Hukumat va xalq o‘rtasidagi bunday o‘zaro munosabatlar muammoni samarali hal etish uchun xizmat qiladi va mamlakatda epidemiologik vaziyatni nazorat qilish uchun eng to‘g‘ri choralar ko‘rishga imkon beradi. Dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan, odamlarning yostig‘ini quritayotgan va kurrai zamin aholisini qo‘rquvda ushlab turgan yangi virusni mana shu tarzda yengishimiz mumkin, deb o‘ylayman.