22 oktyabr kuni xalq deputatlari Xonobod shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mash’al Tojiboyev nomzodi shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mash’al Tojiboyev Andijon shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini, 2015 yilda O‘zbekiston prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2003 yilda Andijon viloyat pudrat savdolarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

Mash’al Tojiboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Xonobod shahrining sobiq hokimi Musaxon Mamadaliyev 29 sentyabr kuni pnevmoniya asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kasalligidan vafot etgandi.