Bozorda brend sifatida muvaffaqiyat qozonish uchun faqat sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish yoki sifatli xizmat ko‘rsatish yetarli emas. Mahsulot markasini to‘g‘ri reklama qilish juda muhim, ayniqsa raqobat kun sayin ortib borayotgan oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlari sohasida iste’molchiga jozibali ma’lumot yetkazish muhim ahamiyatga ega. Bu borada taomlar xakidagi yagona internet-nashriyot Zira prodakshn-studiyasi eng samarali yordamni ko‘rsatadi.

Zira — respublikaning ko‘pchilik ayollari bilan bir tilda so‘zlashadigan O‘zbekistondagi yetakchi pazandachilik loyihasi hamda prodakshn-studiyasi hamdir. Ko‘plab uy bekalari Zira foto va video retseptlaridan foydalanib ovqat pishiradilar, shuningdek tahririyatning fikriga tayanib oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xizmatlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qiladilar. Loyiha saytiga har oy oshxonada yaratishni xush ko‘ruvchi 500 mingdan ortiq pazandalar kiradi.

Loyihaning ijodiy jamoasi har kuni foydali maqolalarni nashr etadi, mahsulot va xizmatlarni birlashtirgan videoroliklar yaratadi, ovqat-fotosessiyalarini o‘tkazadi va mahorat darslarini tashkillashtiradi. Shu tarzda, Zira brendlar iste’molchilar orasida tan olinishiga yordam beradi.

Biznes uchun Zira oddiy reklama bannerlarini o‘z veb-saytiga joylashtirishdan tortib, brendlashtirilgan maxsus loyihalarga qadar turli xil reklama formatlarini taklif etadi. Mijozning maqsadlariga qarab, loyiha jamoasi mahsulot haqida to‘liq ma’lumot tayyorlaydi, mahsulotni ishlatgan holda foto va video retseptni montaj qiladi yoki mijozning taklifi asosida video suratga oladi.


Mahsulotni amalda ko‘rsatish uchun «ishtahali» fotosuratlar

Fotoretsept formatida Zira mijozning mahsulotidan foydalangan holda qadamba-qadam taom tayyorlaydi. Mahsulot retseptda va fotosuratlarning barida ko‘rinadi, bu tomoshabinlarda mahsulotning taom pishirish jarayonidagi muhimligi taassurotini uyg‘otadi.

Xuddi shu tarzda, Evian markasi uchun shaftoli va qovundan smuzi tayyorlashning bosqichma-bosqich retsepti tayyorlandi. Danone kompaniyasi uchun esa «Rastishka» mahsulotlari tushlik qutisi haqidagi maqolaga kiritildi.

SMM targ‘ibot uchun reklama videoroliklari

Ziraning ijodiy jamoasi videoroliklarni ishlab chiqish va montaj qilish bilan ham shug‘ullanadi. Mijozning talabiga binoan prodakshn-studiya mahsulot yoki undan foydalanish na’munasi haqidagi videoni suratga oladi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar yoki televizion/tashqi reklamada foydalanish uchun videorolik tayyorlaydi.

Zira korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida namoyish qilingan va Ecobozor' dagi katta ekranda qo‘yilgan videoroliklarni yaratdi. Artel uchun esa kompaniya muzlatgichini integratsiyalashtirgan holda video retsept roligini tayyorladi.

G‘oyalarni hayotga tatbiq qilish uchun ijodiy maxsus loyihalar

Hech bir format to‘g‘ri kelmaydigan yoki yangi va eksklyuziv narsalarni xohlovchilar uchun Zira kreativ maxsus loyiha tayyorlaydi. Bu mijozlarning faolligini, mahsulot taniqliligini oshirishga va uning zaruriy imidjini shakllantirishga yordam beradi. Bunda Zira ijodiy jamoasi g‘oya o‘ylab topadi, media-reja tuzadi, materiallarni yozadi va loyiha uchun fotosuratlar tayyorlaydi.

Masalan, Invento International School uchun maxsus loyiha tayyorlandi. Loyiha o‘zida Zira.uz saytidagi alohida tugma, brendlashtirilgan sahifa va ko‘payib borayotgan hamkorlikdagi materiallar turkumini qamrab oladi.


Xolislikni oshiruvchi foydali maqolalar

Zira veb-saytiga maqola joylashtirish formatini ham taklif qiladi. Bunda, agar davomli maqolalar e’lon qilinishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, mijoz nashrning an’anaviy sahifalarida ham, yangilarida ham mahsulotini reklama qilishi mumkin.

Zira muharrirlari maqolaning to‘liq konsepsiyasini o‘ylab ko‘rishga yordam beradi, shunda u nafaqat mahsulot haqida hikoya qilib beradi, balki brendni qiziqarli voqea bilan bog‘laydi va insonlarda ijobiy fikrlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu formatda korzinka.uz uchun material yaratilgan bo‘lib, u «Peshtaxtalardagi qiziqarli maxsulotlar» sahifasini davom ettiradi va Valio brendi haqida hikoya qiladi.

Tanilish uchun reklama bannerlari

Bannerlar — bu animatsiya bilan yoki animatsiyasiz tasvirlar shaklida, shuningdek, mijozning havolasiga o‘tish imkoniga ega bo‘lgan reklama takliflari. Zira saytning desktop va mobil shakllarida bannerlarni joylashtirishni taklif qiladi.

Tadbirlarni o‘tkazish uchun oshxona ijaraga olish

Loyiha jamoasi uchun mijozlarga yordam berish va qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun haqiqatan ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan materiallarni yaratish juda muhimdir. Shuning uchun u studiya binosini kompaniyalarga ijaraga berishga tayyor. Kamerada ham, hayotda ham uyg‘un ko‘rinadigan yorqin katta oshxona tematik videoblog yaratish yoki mijozlar va xodimlarga mahorat darslarini o‘tkazish uchun ajoyib makon bo‘ladi.

Reklama va kataloglar uchun professional fotosessiya

Zira prodakshn-jamoasi fotosessiyalar o‘tkazishda ham yordam beradi. Tajribali fud-suratchi professional uskunalar bilan mahsulot yordamida yorqin kompozitsiyani yaratadi, mahsulotning eng to‘g‘ri rakursini topadi va ishtahani uyg‘otadigan suratlarni yaratadi. Zira o‘zining studiyasida ham, reklama beruvchining hududida ham fotosessiya o‘tkazishga tayyor.

Narxlar, statistik ma’lumotlar va formatlarning namunalari bilan Zira.uz media to‘plamida, quyidagi havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.

Telefonlar: (+998) 78−148−15−55, (+998) 78−148−14−15.
Aloqa uchun Telegram: t.me/zira_uz
E-mail: info@zira.uz
Sayt: www.zira.uz
Facebook: fb.com/zirauzb
Telegram:t.me/zirauzuz
Instagram: @zirauzb
YouTube: Zirauz