Shu йилning 16 oktyabr kuni 9009-sonli Harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan Ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumani chegara oldi hududida tungi soat 02:00 larda ov qilib yurgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.


Huquqbuzarlarning chegara oldi hududlarida bo‘lish rejimi hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzgan holda ov qilish maqsadida yurgani va bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirgani aniqlangan.

“Huquqbuzarlardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori va 4 ta qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etilishi ta’kidlangan.

“Gazeta.uzning Xorazm viloyatidagi manbasiga кўра, qo‘lga olinganlar orasida to‘rt nafar ishsiz fuqaro, ovni tashkillashtiruvchi ikki nafar tadbirkor, Tuproqqal’a tuman hokimi o‘rinbosari va mayor unvoniga ega IIB xodimi bo‘lgan. Davlat ekologiya qo‘mitasining axborot xizmati tahririyat so‘roviga ko‘ra, hibsga olinganlarning shaxsini sudgacha oshkor qila olmasliklarini ta’kidlashdi.


Voqea tafsilotlari bilan yaqindan tanish bo‘lgan “Gazeta.uzmanbasi huquqbuzarlar ekologiya inspektorlarining ov qilish va chegara hududida bo‘lish taqiqlangani borasidagi ogohlantirishini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi. Qonun buzilish holatidan so‘ng, inspektorlar harbiy xizmatchilar bilan birgalikda huquqbuzarlarni qo‘lga olishgan.

Shu bilan birga, hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi inspektorlarga bosim o‘tkazib, hodisa jamoatchilikka oshkor etilgudek bo‘lsa, ularni ishdan bo‘shatib yuborish bilan po‘pisa qilgan.

“Gazeta.uz” tahririyati vaziyatni izohlash bo‘yicha Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi.