GEOX brendining birinchi rasmiy do‘koni klassik modellar va mavsumning zamonaviy trendlaridan iborat kuz-qish 2020 to‘plamining poyafzal va ustki kiyimlarini taklif etadi. Italiyaning GEOX kompaniyasi ayollar, erkaklar va bolalar oyoq kiyimlari, shuningdek ayollar va erkaklar uchun ustki kiyimlarni ishlab chiqaradi.


Brendning tashrif qog‘ozi — bu ichki membrana yordamida qulaylik yaratadigan patentlashgan Respira texnologiyasi. Bunday natijaga funksional teshiklarga ega bo‘lgan tagcharmning o‘ziga xos alohida konstruksiyasi tufayli erishilgan.


Oyoq kiyimlarini yaratishda, shuningdek, quyidagi texnologiyalardan foydalanilgan:

  • Nebula — nafas olish xususiyatlari, yengillik va ajoyib termoregulyatsiya — tanadagi haroratning bir xil bo‘lib turishini ta’minlaydigan texnologiya;
  • Aerantis — harakat vaqtida faollashadigan o‘ziga xos bo‘lgan noyob shamollatish tizimi.


Kuz-qish 2020−2021 mavsumi uchun GEOX dizaynerlari asosiy garderob uchun an’anaviy modellarni, shuningdek so‘nggi moda tendensiyalari ruhidagi modellarni ham taqdim etishadi. Taniqli italyan brendining ixcham va bejirim poyafzallari har qanday vaziyatda ham sizga ajoyib ko‘rinish baxsh etadi.

GEOX brendining poyafzalini xarid qilar ekansiz, bu poyafzal sizga uzoq yillar davomida xizmat qilishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Yuqori sifatga ega materiallar va texnologiyaning muntazam takomillashib borishi GEOX poyafzali va ustki kiyimlarini nafaqat imkon qadar qulay, balki pishiq va chidamli ham qiladi.

Telegram: t.me/geoxuz
Instagram: @geox.uz
Facebook: fb.com/pg/geoxuzbekistan
Telegram-bot: t.me/geox_etalon_bot

Reklama huquqi asosida.