Surhondaryo viloyatining Angor tumanida avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida bir oiladan to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa 18 oktyabr kuni soat 23:00da «Qorabog‘» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida sodir bo‘lgan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi I. I. Nexia-3 rusumli transport vositasini «Samarqand-Termiz» yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Natijada transport vositasi haydovchisi, uning 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i F.A hamda voyaga yetmagan farzandlari 2016 yilda tug‘ilgan S.O‘ va 2017 yilda tug‘ilgan S.I lar og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.


Mazkur holat yuzasidan 19 oktyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odamlar o‘limiga sababchi bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.