Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining navbatdagi reytingini e’lon qildi.

Ushbu reytingga 57 ta OTM va ularning filiallari kiritilgan. Tadqiqot fevral-iyun oylarida o‘tkazildi. Bitiruvchilarni ish beruvchilar tomonidan baholashi, OTMning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi, talabalarning mutaxassislik bo‘yicha fanlardan bilim darajasi, professor-o‘qituvchilarning Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalarida nashr etilgan ilmiy maqolalar ulushi va ularning ilmiy nashrlardagi iqtiboslar soni kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Eng yaxshi OTMlar o‘ntaligi:

1. O‘zbekiston milliy universiteti;

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

3. Samarqand davlat universiteti;

4. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

5. Toshkent davlat agrar universiteti;

6. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;

7. Toshkent tibbiyot akademiyasi;

8. Toshkent moliya instituti;

9. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti.

Reytingda so‘nggi o‘rinlarni egallagan o‘nta OTM:

1. Toshkent farmatsevtika instituti;

2. Samarqand veterinariya tibbiyot instituti;

3. Buxoro muhandislik texnologiya instituti;

4. Andijon mashinasozlik instituti;

5. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

6. Navoiy davlat pedagogika instituti;

7. Jizzax davlat pedagogika instituti;

8. Guliston davlat universiteti;

9. Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

10. Nukus davlat pedagogika instituti.

Alohida ko‘rsatkich sifatida OTMlarning moliyaviy mustaqillik darajasi va qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish qobiliyati ham hisobga olindi. Milliy OTMlar o‘rtasida 1 nafar professor-o‘qituvchining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari asosida olingan mablag‘lar ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 42,97 mln so‘m qayd etgan. Ushbu indikator bo‘yicha navbatdagi o‘rinlarni Toshkent axborot texnologiyalar universiteti — 33,24 mln so‘m, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti — 24,21 mln so‘m, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti — 20,68 mln so‘m va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti — 20,11 mln so‘m mablag‘ bilan band qilgan.

Kattalashtirish uchun rasm ustiga bosing.

Kattalashtirish uchun rasm ustiga bosing.