17 oktyabr kuni bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston universitetlarini an’anaviy ta’lim formatiga qaytarish masalasi muhokama qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, an’anaviy o‘qishga qaytish bo‘yicha talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirilgan.

Har bir universitet binolarining tayyorligi, o‘quv jarayonini sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq ravishda tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, talabalar sog‘lig‘iga tahdid solmagan holda yotoqxonalarni ochish masalalarini tahlil qilishi kerak.

Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorni universitetlar kengashi sanitariya-epidemiologiya xizmati xulosalari asosida hamda talabalar va ularning ota-onalarining takliflarini inobatga olgan holda qabul qiladi.

So‘rovnoma 20 oktyabr soat 23:59 gacha davom etadi (ishtirok etish uchun havolani bosib o‘tishingiz kerak).