Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Baxramov 60 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining «Gazeta.uz» ga xabar berishicha, A’zamxon Bahromov 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida dafn etiladi. Chunki marhumning uyi shu yerda joylashgan. Hokimlik tomonidan, shuningdek, o‘lim sababi SSV tomonidan tekshirilganidan so‘ng aniqlanishi aytildi.

A’zamxon Baxramov 1960 yil 12 yanvarda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, deya ma’lumot beradi tuman hokimligi sayti. 1986 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 2004 yilda «Shuhrat» ordeni bilan mukofotlangan.

U Kattaqo‘rg‘on tumanini 2017 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Bungacha u Qo‘shrabot tumanini boshqargan, shuningdek, Toshkentdagi «Elit Favorit» xususiy korxonasida direktor maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

2006−2008 yillarda A’zamxon Baxramov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimni egallagan. Shuningdek, u viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2005−2006), «O‘zbekengilsanoat» DAK boshqaruvi raisi (2003−2005), Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi (2001−2003), makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi o‘rinbosari (2001), Bosh vazir kotibiyatining mudiri (2000−2001) va Vazirlar Mahkamasida boshqa lavozimlarda ishlagan.