Rossiyalik taniqli рэпер va bastakor Alisher Morgenshtern 18 oktyabr kuni Instagram саҳифасиda o‘zining Mercedes-Benz E200 avtomobili uchun tanlov e’lon қилgaн эди. Unda бuхоролик @aza_1002 akkaunti egasi ғolibликни qo‘lga kiritgan.

Mercedes-Benz avtomobilining yana boshqa nomi «Merin» bo‘lib, bastakor o‘z kompozitsiyalaridan birini ushbu mashinaga bag‘ishlagan (unda haqoratli so‘zlardan ko‘p marotaba foydalanilgan). Qo‘shiq Youtube`da e’lon қилинgaч, tez fursatlarda 80 млн martadan ko‘proq ko‘rilgan. Morgenshtern avtomobil uchun taxminan 4 mln rubl (51 ming AQSH dollari) sarflagan.

Giveaway doirasida (ijtimoiy tarmoqlarda muayyan harakatlar evaziga, ko‘pincha obuna bo‘lish evaziga sovg‘alar tarqatish) e’lon qilingan tanlovda 907 mingdan ortiq foydalanuvchilar qatnashdi. Morgenshtern buxorolik g‘olib yigit bilan bog‘langan va avtomobilni shaxsan o‘zi yetkazib berishini qayd etgan.

«Men avtomobilni dunyoning har qanday nuqtasiga yetkazib berishni va’da qilganman. O‘zbekiston bo‘lsa, O‘zbekiston-da. Agar чеgaралар yopiq bo‘lsa, kutishimiz mumkin. Чеgaранинг o‘zida mashinani o‘tkazib berish ham mumkin. Bojxona rasmiylashtiruvi talab qilinsa, uni ham to‘laymiz», — деди bastakor.

Рэпер O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan harajatlar haqida xabar topgach, o‘z Stories`иda видеоxabar qoldirgan.

«O‘zbekistonda mashina uchun bojxona to‘lovi qancha ekanini bilasizmi? Машина narxiga teng ekan», — dedi Morgenshtern.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri vaqtida u mashinani yetkazib berishda yordam kerakligi haqida ham gapirgan.

«Biz shov-shuv ko‘tarib boramiz va mashinani hamyurtingizga topshiramiz. Sizlar ham bizga peshvoz chiqing», — degan Morgenshtern. Buxorolik yigit рэпер bilan muloqot davomida uning Instagram профилини «buzish»ga urinishlar bo‘layotganini bildirib, akkauntini yopib qo‘ygan.

Morgenshtern kim

Alisher Valiyev (Morgenshtern taxallusi bo‘lib, nemischadan tarjima qilganda «tonggi yulduz» ma’nosini anglatadi) 12 yoshida рэп aytishni boshlagan, yuqori sinfda o‘qib yurgan vaqtlarida «qora alkogolizm» yillarini o‘tkazib, dunyoga mashhur рэп-yulduzlarning hayoti haqida kuylagan. Ufalik 22 yoshli musiqachi Z avlodi havas qiladigan xonandaga aylangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda oddiy, sodda treklarini ijro etib, millionlab daromad qilmoqda, дея ёзмоқda Forbes.

Ilk bor Morgenshtern o‘zgalarning қўшиқлари ortidan tanilgan: 2018 yilda u mashhur ijrochilarning (Eljey, Kizaru va Face), ommalashgan qo‘shiqlarini o‘zida jamlagan «IziRep» turkumidagi videolarni tayyorladi va unda bu kabi sodda replarni har qanday odam ijro etishi mumkinligini тuшuнтириб ўтди.

Jurnalist Nikolay Redkinning Meduza uchun tayyorlagan maqolasida, — Alisher boshqalar yo‘llagan salbiy munosabatlardan ustamonlik bilan foydalanmoqda va YouTube`da reaksiyalar yaxshi baholanishini inobatga olib, bu kabi terapiya qanchalik o‘tkir bo‘lsa shuncha yaxshi ekanini anglab yetgan, — deyiladi. 2018 yilda u ilk albomini чиқарди, Rossiya bo‘ylab turga yo‘l oldi va kamera uchun 100 ming rublni yoqib yubordi. Keyinroq u ushbu harakatiga izoh berar ekan, bu e’tiborni oson va tez tortish usuli ekanini qayd etdi. Ommalashgan blogerning ishlab topayotgan pullari muhokama qilinayotganidek ko‘p emas.

2019 yil yakunida bastakor qo‘shiqlari albomini to‘g‘ridaн-to‘g‘ri efirda yozishini e’lon qildi va rostdan ham har bir studiya sessiyasini efirga uzatib bordi. Yakunda hosil bo‘lgan relizga «Legendarnaya pыl» — afsonaviy chang (2020 yilning yanvar oyida sotuvga чиққан) deb nom berdi, uni barcha striming servislarida 500 млн martadan ko‘p tinglashgan (sentyabr holatiga), albomning har bir treki «platinali» disk darajasiga yetgan. Uning qo‘shiqlarida haqoratli so‘zlar va so‘kinishlar ko‘plab uchraydi.