O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkentdagi Green Park turar joy kompleksidan uch xonali kvartira sovg‘a qildi. Bu haqda 18 oktyabr kuni jurnalist o‘zining Facebook`dagi саҳифасида e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xonadon maishiy texnikadan tortib barcha kerakli mebellar bilan jihozlangan. U yangi xonadonga 5 oktyabr kuni ko‘chib o‘tgan. Uning uyiga Xorazmdan onasi ham tashrif buyurgan. Bobomurod Abdullayev davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

«Shu yilning 8 sentyabr kuni hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga mana shu barcha jihozlari, maishiy texnika, gilam, mebellari bilan birga uch xonali uy hadya qildilar», — dedi u kvartiradan olingan видеолавҳада.

Videolavhadan olindi.

8 avgust kuni Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston tomoni talabiga binoan qo‘lga olingandi (O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qaysi ayblov bilan uni qo‘lga olishganini aniqlashtirmagan). 22 avgust kuni u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinib, шu kuniyoq xulq-atvor qiodalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxatga asosan ozod etildi.

Jurnalistning Bishkekda qo‘lga olinganidan so‘ng, uning onasi prezidentga videomurojaat yo‘llab, o‘g‘lini ozodlikka chiqarishini so‘ragan. Unda Bobomurodning onasi o‘g‘li noqulay shart-sharoitda yashayotganini ham aytib o‘tgandi. Aniqlik kiritish maqsadida Bobomurod Abdullayev onasi kvartira olish maqsadida videomurojaat yo‘llamaganini ta’kidladi.

Bobomurod Abdullayevning onasi sovg‘adan juda xursand ekanini aytib, prezidentga minnatdorchilik bildirdi.

2017 yilda Bobomurod Abdullayev va yana uch kishi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanib qo‘lga olingandi. 2018 yilning may oyida sud Bobomurod Abdullayevni jinoyat sodir etishda aybdor deb topdi va uni qamoqdan ozod qilib, ahloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Ishning boshqa ishtirokchilari oqlandi.