Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qahvadan tayyorlangan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qahva va asalli keks


Oddiy va ishtahaochar bu pishiriq issiqina choy yoki qahva bilan juda yaxshi ketadi.

Qahvali krem solingan Pari-Brest

Pari-Brest — qaynatma xamir va kremdan tayyorlangan nafis fransuz shirinligi sanaladi. Ta’m jihatidan eklerlarga juda o‘xshab ketib, halqachasimon ko‘rinishda bo‘ladi.

Shokolad-qahvali tort

Shokolad va qahva solib tayyorlaniladigan tezpishar tort har qanday dasturxonga ham fayz bag‘ishlaydi.

Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechene


Issiqina choy bilan qahva ta’mi ufurib turadigan mazali pechenelardan iste’mol qilib, o‘zingizni siylang. Bunday shirinlikdan so‘ng esa yaxshi kayfiyatga ega bo‘lishingiz kafolatlanadi.

Qahvali pirog


Oshxonangizda bor mahsulotlardan pishirsa bo‘ladigan oddiy qahvali pirog retseptini tayyorlab qo‘ydik. Bu pirog oilaviy choy ichishlar uchun juda mos keladi.

Qahvali parhezbop desert


Sizlarga mayin va yoqimli qahva ta’mili, vaznga umuman xavf tug‘dirmaydigan shirinlikdan tayyorlab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15