2 oktyabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudida «UzAutoMotors» AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. boshlangan edi. 2020 yil 16 oktabr sanasida ushbu sudning 3 yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sud yopiq rejimda bo‘lib o‘tmoqda. Biroq UzAuto Motors har bir sud yig‘ilishidan keyin turli bayonotlar bilan chiqmoqda, Antimonopoliya qo‘mitasi esa sukut saqlamoqda. Biroq 17 oktyabrda bu «an’nana»ni buzdi.

«Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shu vaqtga qadar Qo‘mita sud jarayoni tafsilotlariga hech qanday izoh bermay kelayotgan edi, chunki „UzAutoMotors“ AJ tomonidan keltirilgan har qanday da’vo va shikoyatlariga Qo‘mitaning ekspertlari tomonidan bevosita ish ko‘rilish jarayonida javob berib kelinmoqda», — deyiladi xabarda.

«Biroq, „UzAutoMotors“ vakillari hali yopilmagan sud ishi tafsilotlariga o‘zlarining rasmiy munosabatlarini bildirib, hissiyotga berilgan holda ochiqchasiga Davlat organi xodimlarini noprofessional va malakasizlikda ayblamoqda. Jumladan: „…tekshiruvga jalb etgan ekspertlarning salohiyatsizligi mijozlar bazamizning bir qismining ko‘ngli sovishiga olib kelganligidan afsusdamiz…“
Sud yig‘ilishining 3-kuni ham bundan mustasno bo‘lmadi», — deya ta’kidladi qo‘mita.

Xususan, 16 oktyabrda e’lon qilingan bayonotda UzAuto Motors yuridik boshqarmasi rahbari Rustam Shoymardonov: «…Tinglovlar javobgarning argumentlari zaif ekanligini tasdiqladi va bu kutilgan holat edi», — deyiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu masala bo‘yicha UzAuto Motors AJning iltimosnomasiga ko‘ra, navbatdagi sud ishi yopiq ko‘rilgani uchun, qo‘mita qonunni buzmagan holda, jarayon davomida tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan barcha tortishuv va qarama-qarshiliklar tafsilotlarini oshkor eta olmasligi, ammo qo‘mita UzAuto Motors AJ tomonidan, maxsus komissiya qaroriga nisbatan qarshi keltirilgan dalillar yetarli darajada asoslanmaganligini ishonch bilan e’lon qilganini hamda sudda «ayblanuvchining dalillari zaifligi» tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

Qo‘mita UzAuto Motors kompaniyasini davlat organiga nisbatan ahloqiy me’yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chorladi.