O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avgustdan oktyabrgacha bo‘lgan davrda boshqarma ehtiyojlari uchun blogerlar va OAVda ma’lum qilinganidek 28 mlrd so‘mga 133 ta emas, balki 18 mlrd 789 mln 813 ming so‘mga 81 ta transport vositasi sotib olingani xabar qildi.

«Gazeta.uz» ham bu haqda ma’lumot tarqatgan, ular davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga tayanilgan edi.

YHXBBning qayd etishicha, haqiqatdan ham boshqarma tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida:

  • 15 ta Equinox AT;
  • 20 ta Cobalt GS/16MTB;
  • 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus);
  • 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus);
  • 2 ta Volkswagen Caddy (Trendline);
  • 14 ta SAZ HC-40 avtobusi;
  • 16 ta Malibu-2 avtomobil sotib olingan.

«Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Boshqarma barchadan xarid kilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu bilan fuqarolarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itmasliklarini so‘radi.