Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avgust-oktyabr oylarida 28,3 mlrd so‘mlik transport vositalarini xarid qildi. Bu haqdagi ma’lumotlarni Davlat xaridlari portalida ko‘rish mumkin.

IIV YHXBB 4 ta Malibu-2 mashinasining har birini 324,45 mln so‘mdan xarid qilgan (jami 1 mlrd 297 mln so‘m). Bundan tashqari, boshqarma 2-pozitsiyali Malibu-2 modelidan 13 tani 311 mln so‘mdan qimmatroqqa — jami 4 mlrd 44 mln so‘mga xarid qilgan.

  • Equinox-AT — 30 ta (1; 2) — jami 10 mlrd 470 mln so‘m;
  • Cobalt GS/16MTB — 40 ta (1; 2) — jami 3 mlrd 83 mln so‘m;
  • Lacetti L-Comfort Plus — 26 ta (1; 2) — jami 3 mlrd so‘mdan ortiq;
  • Avtobus SAZ HC — 14 ta — jami 4 mlrd 550 mln so‘m;
  • Malibu-2 MALBDB2TL (LTZ) — 3 ta (1; 2; 3) — jami 973 mln so‘m;
  • Malibu-2 MALBDB2TL (2 pozitsiya, turbo) — 14 ta (1; 2) — jami 4 mlrd 355 mln so‘m;
  • Volkswagen Caddy (Trendline) — 2 ta — jami 443,8 mln so‘mga.
  • Lacetti L-Elegant/AT Plus — 2 ta (1; 2) — jami 276,2 mln so‘m;
  • JAC pikapi — 2 ta — jami 449,2 mln so‘m;