16 oktyabr kuni soat 15:10da epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmik prognostik monitoring markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazida magnituda 5,5 ga teng bo‘lib, chuqurlik 223 km ni tashkil qilgan.

Epimarkazdan O‘zbekiston hududlarigacha bo‘lgan masofa va ushbu hududlardagi silkinish kuchi qo‘yidagicha bo‘lgan:

  • Toshkent (554 km) — 2 ball;
  • Namangan (497 km) — 2 ball;
  • Andijon (481 km) — 2 ball;
  • Farg‘ona (430 km) — 2 ball;
  • Guliston (489 km) — 2 ball;
  • Jizzax (496 km) — 2 ball;
  • Samarqand (511 km) — 2 ball;
  • Buxoro (696) — 2 ball;
  • Termiz (361 km) — 2 ball;
  • Qarshi (545 km) — 2 ball;
  • Navoiy (646 km) — 2 ball.