Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) olamdan o‘tdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.

Mamadali Mahmudov 1940 yil 12 dekabrda Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan.

U 1966 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirgan.

Ma’lumot uchun, Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov «Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar», «Bo‘z bo‘ri», «O‘lmas qoyalar», «Tumanli kunlar» va «Oy nuri» kabi asarlar muallifi hisoblanadi.

Mamadali Mahmudov umrining 17 yilini siyosiy mahbus sifatida qamoqda o‘tkazgan va 2013 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarilgan. 2018 yil noyabr oyida u Yozuvchilar uyushmasining a’zoligiga tiklangan edi.