Oliy Majlis Senati a’zosi Shuxrat Madaminovich G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan Senat a’zolari ro‘yxatidan chiqarilmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan.

U 2011−2012 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, 2012 yildan Farg‘ona viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuhrat G‘aniyev mazkur lavozimda 2020 yil fevralidan buyon bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan, sentyabrda koronavirus oqibatida bevaqt vafot etgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra deputat yoki senator vakolatlari «u qonunga ko‘ra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda» muddatidan ilgari tugatiladi.