14 oktyabr kuni O‘zbekistonda 317 ta koronavirus holati qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

️Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 514 nafarga yetdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida 332 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62055 nafar bemordan 59 095 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 446 nafar bemordan 317 nafari og‘ir, 102 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.